17:24 / 11.08.2017
6 535

Diametri 15 metrlik asteroid oktyabrda Er yaqinidan uchib o‘tadi

Diametri 15 metrlik asteroid oktyabrda Er yaqinidan uchib o‘tadi
Hajmi 15—30 metr bo‘lgan 2012 TC4 asteroidi shu yilning 12 oktyabr kuni Erdan taxminan 44 ming km masofadan uchib o‘tishi kerak. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

«Bunday kattalikdagi asteroid sayyoramiz atmesferasiga kelib tushgan taqdirda, xuddi Chelyabinsk meteoriti (2013 yilning 15 fevralida qulagan) kabi ta’sirni keltirib chiqargan bo‘lardi», — deyiladi xabarda.

Astronomlar o‘z navbatida, asteroidning yaqinlashishi sharofati bilan uning tarkibi va parvozi traektoriyasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Asteroid 2002 yilda kashf qilingan, ammo uning orbitasi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, astronomlar yaqin vaqtlargacha uning harakatlanishini kuzata olmagan va Erga qanchalik yaqin kelishini ayta olmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Diametri 15 metrlik asteroid oktyabrda Er yaqinidan uchib o‘tadi