11:34 / 16.08.2017
15 782

Samsung Galaxy Note 8 qimmat bo‘ladi, biroq ...

Samsung Galaxy Note 8 qimmat bo‘ladi, biroq ...
Samsung flagmanlari — kuchli kamera texnologiyasi bilan peshqadam bo‘lib kelishgan. Kompaniya hech qachon "megapiksellar rallisi"da kurashmagan. Biroq, uning har bir yangi avlod smartfonidagi kamerasi takomillashgan bo‘ladi. Galaxy Note 8 hali taqdim qilinmasidan turib, koreyalik ishlab chiqaruvchi undagi qo‘sh sensorli kamera texnologiyasini ko‘z-ko‘z qilishga ulgurdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 brend portfoliosidagi ilk qo‘sh kamerali smartfon bo‘ladi. Bosh kamera datchiklaridan biri keng burchak ostida suratga olsa, ikkinchisi — telefoto vazifasini bajaradi. Bu sensorlarning biri 12 Mp, boshqasi 13 Mp sig‘imli bo‘lib, kamera 2 karrali yaqinlashtirish funksiyasiga ega. Har ikkala datchikda optik barqarorlashtirish tizimi joriy qilingan.

Ekspertlarning fikricha, smartfon kamerasining ham apparat, ham dasturiy ta’minot platformasi ilg‘or bo‘ladi va yuqori sifatli, detallarga boy suratga oladigan navbatdagi kuchli gadjet bo‘ladi.

Tahlilchilar fikricha, fablet taqdimotidan so‘ng Samsung kompaniyasi o‘rta narxli qo‘sh sensorli smartfonlarni ham ishlab chiqara boshlaydi. 2018 yilda esa ishlab chiqaruvchi to‘liq qo‘sh sensorli kameraga ega smartfonlar ishlab chiqara boshlaydi.

Hozirgacha ma’lum xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 ekrani "ajdodlari"ga nisbatan yirik bo‘lib — diagonali 6,3 dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Galaxy S8 kabi, yangi gadjet uchun Infinity Display ekran dizayni tanlanadi va uning tomonlar nisbati ham 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matrisali ekranning piksellar sig‘imi Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) bo‘ladi.

Galaxy Note 8 Samsung tarixidagi eng qimmat smartfon bo‘ladi. Uning bahosi Koreyada 1000 dollar, Evropada 1100 dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Note 8 qimmat bo‘ladi, biroq ...