19:29 / 18.08.2017
4 830

Skype'ga yangi funksiyalar qo‘shildi

Skype'ga yangi funksiyalar qo‘shildi
Microsoft transmilliy kompaniyasi Skype dasturiga yangi funksiyalar qo‘shilganini e’lon qildi. Endi personal kompyuter foydalanuvchilari ilgari faqat smartfonlarda mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.

Skype Insider loyihasi foydalanuvchilari yangi funksiyalar sinoviga kirishishdi. Microsoft kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, dastur funksionali ancha yangilangan. Birinchi muhim yangilik - @ ramzi yordamida chatda kontaktlarni izlash imkonining yaratilganida. Bu kerakli suhbatdoshlarni izlash jarayonini ancha osonlashtiradi.

Bundan tashqari, dasturning tashqi ko‘rinishi ham o‘zgardi. Dizaynerlar ilgari kiritilgan hujjatlar, audio- va video-fayllar hamda havolalarni ko‘rish imkonini qo‘shishdi.

Bu avval yo‘llangan kontentni izlash vaqtini ancha tejaydi. Biroq ishlab chiqaruvchilar bu bilangina cheklanib qolishmadi. Guruh qo‘ng‘iroqlari, shuningdek oddiy tashish sozlamalari funksiyalari ham kengaytirildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Skype'ga yangi funksiyalar qo‘shildi