20:00 / 23.08.2017
6 278

iPhone 8: raqiblarda yo‘q inqilobiy funksiya ma’lum bo‘ldi

iPhone 8: raqiblarda yo‘q inqilobiy funksiya ma’lum bo‘ldi
iPhone 8'ning inson yuz qiyofasini bir necha yuz millisoniyalarda 3D skaner orqali tekshiruvdan o‘tkazish, ya’ni Face ID funksiyasi -- undagi bosh innovasion jihat bo‘ladi. Bu to‘g‘rida The Korea Herald va Bloomberg nashrlari ma’lum qilishmoqda.

Apple'ning qiyofani tanish texnologiyasiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, 3D o‘lchamli datchik aqlbovar qilmas darajada tezkor, xavfsiz hamda aniq ishlaydi. Shuningdek, infra-qizil nurli kameralar kabi, ayfon skaneri qorong‘uda ham ishlay oladi. Smartfon stol ustida turgan holatda ham inson qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazadi.

Qolaversa, foydalanuvchi masofadan turib ham, ya’ni smartfonni qo‘lga olmasdan turib ayfonni qulfdan chiqara oladi. Shuningdek, bu funksiya orqali Apple Pay to‘lovlarini ham soniyalar ichida amalga oshirish mumkin.

Joriy yilda Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilar taqdim qilgan bu turdagi skanerlar sekin ishlashi va ishonchsizligi bilan ko‘pchilikning hafsalasini pir qilgan edi.

Face ID moduli 3 qismdan iborat bo‘ladi: standart kameralar, infra-qizil nur uzatuvchi modul hamda bu nurni qabul qiluvchi boshqa bir modul. Ularning barchasi Face ID funksiyasi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, yana bir muhim jihat -- yangi avlod ayfonidagi old kamera har sekundda 60 ta kadrli 4K video tasvirga oladi.

iPhone 8 qachon va qanchadan sotuvga chiqadi?

Eslatib o‘tamiz, iPhone 8, shuningdek iPhone 7s va 7s Plus sentyabrda taqdim qilinadi. Odatga ko‘ra, yangi ayfonlar bir oy o‘tib sotuvga chiqariladi.

iPhone 8 birinchilardan bo‘lib AQSh smartfon bozorida 1200 dan 1400 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotiladi. Taqqoslash uchun aytamiz, 2016 yilda iPhone 7 Plus'ning 128 Gbayt xotiraga ega talqini 869 dollardan sotilgan.

Manba: Terabayt.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8: raqiblarda yo‘q inqilobiy funksiya ma’lum bo‘ldi