00:39 / 29.08.2017
8 181

O‘zbekistonda naqdsiz yo‘lkira to‘lov xizmati kiritiladi

O‘zbekistonda naqdsiz yo‘lkira to‘lov xizmati kiritiladi
O‘zbekistonda jamoat transportidagi to‘lovga mo‘ljallangan Anor avtomatlashtirilgan tizim tayyor bo‘ldi. Sinovlar natijasiga ko‘ra loyihaning joriy etilish sanasi va muddati belgilanadi.

Tizim Singapurning Technobiz Transpay kompaniyasining platformasiga asoslanib tatbiq etiladi. Qayd etish lozimki, uning yaratilishida o‘zbek mutaxassislari ham ishtirok egan.
Yo‘lovchilar ikki turdagi transport kartalarini xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Bir martalik chipta va ko‘p martalik plastik kartalar.

Ularni metro kassalari, pochta va matbuot bo‘limlari, shaxsiy kompaniya tarmoqlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Umumiy hisobda, Toshkent bo‘ylab sotuv nuqtalari soni 2 mingdan oshadi.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar mobil NFC chiptalarini yaratgan. Bu bilan yo‘lovchi yo‘lkirani telefon orqali to‘lashi mumkin bo‘ladi, ya’ni ilova yordamida ular karta balansini to‘ldirib boradi.

Karta to‘lovining yana bir qulayligi – yo‘lovchi oqimini avtomat tarzda kuzatish, tahlil qilish, transport xizmatini optimizatsiya qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Shuningdek naqdsiz to‘lov davlat byudjetiga bo‘lgan bosimni kamaytirib, nisbatan qulay tariflarni belgilash hamda videokuzatuv va GPS monitoring tufayli jamoat transportida xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.

—Anor to‘lov tizimi jamoat transporti tashkilotlariga daromadni kamida 35-40 mlrd so‘mga oshirishga yordam beradi, — deydi platformani ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Botir Orifjonov. — yo‘lovchilar harakatini aniqlovchi tizim ularning transportga kirib-chiqishini uzluksiz kuzatib boradi.

Avtomatlashtirilgan tizim loyihasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgan. Sinovlar natijasiga ko‘ra loyihaning joriy etilish sanasi va muddati belgilanadi.

Manba: kommersant.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda naqdsiz yo‘lkira to‘lov xizmati kiritiladi