19:49 / 07.09.2017
7 668

Bola bilan birga o‘sadigan kiyim yaratildi

Bola bilan birga o‘sadigan kiyim yaratildi
Britaniyalik muhandis Rayan Yasin kichik bolalar uchun kiyim ixtiro qildi, u bola bilan birga o‘sadi. U shu tariqa bolalar kiyimiga doimiy ravishda pul sarflash muammosini hal qilmoqchi. Muhandis o‘z ixtirosi haqida loyiha saytida aytib o‘tdi.

Olim eniga va bo‘yiga cho‘ziluvchi material yaratdi, shu bilan birga, u xuddi rezina kabi ingichkalashmaydi. Bunday effekt plissirovka sabab yuzaga keldi. Yangi materialdan tayyorlangan kiyim namga chidamli bo‘ladi. Modelni ikki yosh toifasidagi bolalar uchun chiqarish rejalashtirilmoqda – 6 oydan 36 oygacha va ikki-besh yosh oralig‘ida.

«O‘suvchi» kiyim nafaqat ota-onalar pulini tejab qoladi, balki atrof-muhitni kamroq ifloslantirishga ham yordam beradi. Faqatgina 2016 yil davomida chiqindixonalarda 30 ming tonna kiyim-kechak aniqlangan. Yosh bolalarning kiyimini bir necha oyda almashtirishga ehtiyoj qolmasligi esa bu raqamni kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, yangi material qayta ishlanishi ham mumkin.

Yasin materialni yaratgani uchun James Dyson Award sanoat dizayni sohasida mukofotni qo‘lga kiritdi. Kiyim mukofot egasiga to‘langan pullar hisobidan ishlab chiqariladi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bola bilan birga o‘sadigan kiyim yaratildi