13:20 / 11.09.2017
6 807

Toshkentda yana videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Toshkentda yana videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi
Chorrahalarda kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi — yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilinish nazoratini yengillashtirdi.

Kameralar yordamida nazorat qilish tizimi sinov jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgani sababli ushbu tizimni yanada kengroq joriy qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq, 15 martdan boshlab, Toshkent shahridagi 120 ta chorrahaga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun haydovchilarni jarimaga tortish mexanizmi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarida avtomatik qayd qilish uskunalari (kameralar) Toshkent shahrining yana 280 ta chorrahasida o‘rnatilishi xabar qilindi.

Ichki ishlar idorasi vakilining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda kuzatuv kameralari o‘rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Ikkinchi bosqich “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida ikki yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida o‘rnatilgan kameralar ikki turdagi qoidabuzarlikni aniqlaydi. Ular: tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tib ketish.

Kameralar tomonidan qayd qilingan qoidabuzarliklar uch kun ichida rasmiylashtirilib, pochta orqali trasport vositasi egasiga yuboriladi.

Agar avtomobil yuridik shaxs nomida bo‘lsa, jarima korxona rahbariga yuboriladi.

Manba: qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda yana videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi