08:38 / 13.09.2017
6 473

Apple qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi "aqlli" soatlarini namoyish etdi

Apple қўнғироқларни амалга оширувчи "ақлли" соатларини намойиш этди
Apple kompaniyasi LTE'ni qo‘llab-quvvatlovchi Watch Series 3 nomli "aqlli" soatlarini taqdim etdi. Yangi soatlarda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni mavjud. Kompaniyaning rasmiy saytida jonli ravishda uzatilayotgan yangi qurilmalar taqdimoti aynan smart-soatlar namoyishidan boshlandi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bugunga kelib Apple Watch jahon bozorida eng talabgor soatga aylangan.

Series 3 soatlariga sim-karta o‘rnatishga hojat yo‘q, LTE-tarmoq uchun maxsus o‘rnatilgan chip mas’ul bo‘ladi. Uning yangi protsessori esa soatning 70 foizga tez ishlashini ta’minlaydi.

Shuningdek taqdimotda ma’lum qilinishicha, bu soatlarda quloqchinlarda qo‘shiq eshitish imkoni yaratilgan.

Yangi "aqlli" soatlarda yurak faoliyatini kuzatish imkoni yaratildi. Muammo aniqlansa, Standford'ga bog‘lanib, ma’lumotlarni yo‘llash imkoni paydo bo‘ldi.

Kompaniya soatlarni uch xil rangda namoyish etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun soatning maxsus versiyalari mavjud.

Ta’kidlash joizki, Series 3 soatlari ekologik toza mahsulotlardan yaratilgan.

Uyali aloqa xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi smart-soatlar narxi - 399 dollar (modul bilan) va 329 dollar (modulsiz).

Apple Watch Series 3 soatlariga 15 sentyabrdan buyurtma berish mumkin, sotuvlar esa 22 sentyabrda boshlanadi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi "aqlli" soatlarini namoyish etdi