18:55 / 16.09.2017
14 728

iPhone 6S, 6S Plus, SE, 7, 7 Plus 100 dollargacha arzonlashdi

iPhone 6S, 6S Plus, SE, 7, 7 Plus 100 dollargacha arzonlashdi
Apple’ning yangi mobil aloqa vositalari taqdimoti munosabati bilan kompaniya an’anaga ko‘ra shu vaqtga qadar ishlab chiqarayotgan avvalgi ayfonlarining narxini arzonlashtirdi, deb yozmoqda «Tertabayt» nashri.

Agarda siz iPhone 5 yoki 6 modellarining dizaynidan charchagan bo‘lsangiz, shohona va zamonaviy trenddagi $999 dollarlik iPhone X ayni siz uchun.
Biroq, avvalgi iPhone'larni ma’qul ko‘rsangiz, quyida ularning o‘ziga xosliklari va narx-navosi to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

IPHONE SE

iPhone SE -- ayni paytda sotuvga chiqarilayotgan eng ixcham iPhone bo‘lib, 4 dyuymli jajji displeydan iborat. Dizaynini iPhone 5'dan "meros" olgan bo‘lsa ham, texnik jihatdan iPhone 6S bilan bahsga kirishadi va ilg‘o A9 protsessoriga ega. "Kichkina demang bizni", deganlariday bu ayfonning afzalliklari ko‘p. Hatto, iPhone X mahrum bo‘lgan "Touch ID" tugmasi ham bor :)
Shu vaqtga qadar $399 dollardan sotilgan eng arzon talqin 50 dollarga arzonlashdi.

Narx-navosi: 32 GB talqin $349, 128 GB talqin $449 dollar.
Korpus ranglari: kumush, tilla, "samoviy kulrang" yoki och pushti.

IPHONE 6S / 6S PLUS

iPhone 6S hamda 6S Plus flagmanlari iPhone 6'ning takomillashgan talqini va yaxshi sotilish bo‘yicha o‘sha vaqtlarda rekord o‘rnatgan. 6S modeli 4.7 dyuymli, 6S Plus esa 5.5 dyuymli ekranga ega bo‘lgan. Bu smartfonlar Apple’ning 3D Touch texnologiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni ekrani barmoq zarbiga ko‘ra amalni bajaradi. Shuningdek, kamera animatsion "Live Photos" "jonli" suratlarni olishi mumkin. Bu 2 jihat bilan birga, unga iPhone 6'nikidan kuchliroq protsessor o‘rnatilgani yanada taassurotli.
iPhone 6S'ning eng arzon talqini shu vaqtga qadar $549 dollardan sotib kelinayotgan edi. Va, yangi prays-listda ularning bahosi 100 dollarga "tashladi". iPhone 6S Plus'ning narxi ham $649 dollardan, $549 dollarga arzonlashdi.

Narx-navo: iPhone 6S: 32 GB talqin $449, 128 GB talqin $549;
iPhone 6S Plus: 32 GB talqin $549, 128 GB talqin $649;
Korpus ranglari: kumush, tilla, "samoviy" kulrang, och pushti.

IPHONE 7 / 7 PLUS

iPhone 7 va 7 Plus 2016 yilda taqdim qilingan va yil bo‘yi eng samarador platformaga egaligi bilan jahon "rekordsmeni" bo‘lgan. Uning protsessor va kamerasi 6S'nikidan ancha ilg‘or. 7 Plus esa Apple'ning ilk 2 sensorli bosh kameraga ega flagmani. Keng burchakli hamda telefoto linzalari bilan bu kamera sifatli surta olishda peshqadam. A10 Fusion chipi bilan birga, korpusning suv hamda changdan himoyalangani katta yangilik bo‘ldi.
iPhone 7'ning eng arzon talqini -- 32 gigabaytli modeli uchun avval $649 dollar so‘ralgan bo‘lsa, ayni paytda u $549 dollarga baholangan. Shuningdek. iPhone 7 Plus ham 100 dollarga arzonlashib, hozirda uning eng arzon talqini $669 dollarni tashkil qiladi.

Narx-navo: iPhone 7: 32 GB talqin $549, 128 GB talqin $649;
iPhone 7 Plus: 32 Gb talqin $669, 128 GB talqin $769;
Ranglari: kumush, tilla, qora, to‘q qora va pushti.

Shuningdek, Apple'ning eng arzon -- $349 dollardan sotilayotgan yangi iPad devaysi endi $329 dollardan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, an’anaviy dizayndagi iPhone 8 va 8 Plus'ga bugundan boshlab avvaldan buyurtma berish boshlandi. 22 sentyabrdan esa smartfonlarning ilk partiyasi sotuvga chiqariladi. Ilg‘or jihatlar, xususan ayni paytda eng ilg‘or apparat platformasi bo‘lgan 6 yadroli A11 Bionic protsessoriga ega devayslarning eng arzon talqinlari (64 GB) $699 hamda $799 dollardan sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 6S, 6S Plus, SE, 7, 7 Plus 100 dollargacha arzonlashdi