09:16 / 21.09.2017
7 151

Navbatdagi afsonaviy ayfon bozorni tark etmoqda

Navbatdagi afsonaviy ayfon bozorni tark etmoqda
Jahon miqyosida eng yaxshi sotilgan ayfonlardan biri bo‘lgan iPhone 5s smartfon bozorini tark etmoqda. Mobil aloqa vositalari yetkazib beruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, hamyonbop ayfon o‘z o‘rnini "SE" modeliga bo‘shatib beradi.

So‘nggi kuz

Tadqiqotlarga ko‘ra, iPhone 5s shu kunga qadar eng arzon ayfon sifatida bozorda yaxshi sotib kelingan. Ayni paytda esa bu modelning so‘nggi nusxalari sotib tugatilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Apple bu smartfonni yetkazib berishni to‘xtatadi. Yil oxirigacha 5s savdosi to‘liq nihoyasiga yetadi.

Shuningdek, iPhone 5s'ga ehtiyoj hozirga kelib ancha pasaygan. Ekspertlar ham 5s jihatlariga ko‘ra ham bir oz eskirganini aytishmoqda.

iPhone 5s — Apple korporatsiyasining 2013 yilning 10 sentyabrida taqdim qilingan 7-avlod smartfoni hamda iPhone 5'ning "merosxo‘ri". U iOS 11 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Devaysda 64 bitli Apple A7 (ARMv8) protsessori, Apple M7 yordamchi chipi va Touch ID barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan.

Aytish joizki, bu "ayfonografiya", ya’ni ayfonda yaxshi surat olish an’anasini boshlab bergan gadjet.

Kenja ayfon - iPhone SE

5s o‘rniga taxtga ko‘tarilayotgan "SE" modeli unga qaraganda bir oz qimmat bo‘ladi. Shu bilan birga, uning texnik imkoniyatlari ancha yuqori. iPhone SE -- ayni paytda sotuvga chiqarilayotgan eng ixcham iPhone bo‘lib, 4 dyuymli jajji displeydan iborat. Dizaynini iPhone 5'dan "meros" olgan bo‘lsa ham, texnik jihatdan iPhone 6S bilan bahsga kirishadi va ilg‘o A9 protsessoriga ega. "Kichkina demang bizni", deganlariday bu ayfonning afzalliklari ko‘p. Hatto, iPhone X mahrum bo‘lgan "Touch ID" tugmasi ham bor :)
Shu vaqtga qadar $399 dollardan sotilgan eng arzon talqin 50 dollarga arzonlashdi.

Narx-navosi: 32 GB talqin $349, 128 GB talqin $449 dollar.
Korpus ranglari: kumush, tilla, "samoviy kulrang" yoki och pushti.

Shubhasizki, riteylerlarning qayd etganlaridek, endi u Apple korporatsiyasining navbatdagi eng yaxshi sotiuvchi arzon smartfoni bo‘ladi.

Manba: «Terabayt»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Navbatdagi afsonaviy ayfon bozorni tark etmoqda