Google korporatsiyasi HTC biznesining bir qismini xarid qilishi haqida e’lon qilganidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaya boshladi. Bitim taxminan 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda «BusinessInsider»ga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Apple aksiyalari narxi 1,02 foizga - 154,38 dollarga pasaydi. Google aksiyalari esa, aksincha 0,38 foizga - 951,1 dollargacha oshdi.
UBS'ning Nyu-York fond birjasidagi savdo operatsiyalari bo‘yicha direktori Art Kashinning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Google'ning iPhone muvaffaqiyatiga ilk javobi bo‘lishi mumkin.
"Treyderlarning taxmin qilishicha, Google'ning yangi bitimi iPhone uchun salohiyatli tahdid bo‘lishi mumkin. Ular Google'ning supersamarali ovozli yordamchiga ega smartfon yaratib, Apple bilan raqobatga kirishishidan xavfsirashmoqda", - deya ta’kidlaydi Kashin.
Bitim shartlariga ko‘ra, HTC'ning yangi versiyadagi Pixel smartfoni ustida ishlayotgan taxminan 2 ming xodimi Google'ga o‘tadi. Amerika kompaniyasi shuningdek HTC'ning intellektual mulkiga noyob huquqlarga ega bo‘ladi.
Google o‘tgan yili ikki model - Pixel va Pixel XL smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Smartfonlarning ikkinchi avlodi HTC bilan ishlab chiqiladi va 4 oktyabr kuni chiqariladi.
Yil boshidan buyon Google aksiyalari - 20,02 foizga, Apple aksiyalari narxi esa 33,29 foizga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi