Xitoyda ishlab chiqilgan stomatolog robot birinchi marta shifokorlar ishtirokisiz bemorni operatsiya qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Robot bemorga 3D-printerda chiqarilgan ikkita sun’iy tish qo‘ydi. Operatsiyadan avval shifokorlar harakatlar yo‘nalishi va burchagini belgiladi hamda yangi tishlar joyiga maksimal darajada aniq joylashishi uchun chuqurlik parametrlarini ham o‘rnatdi.
Ta’kidlanishicha, robot implantlarni 0,2—0,3 millimetr xatolik bilan o‘rnatgan, bu esa barcha standartlarga javob beradi.
Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, Xitoy uchun bunday ishlanma ayniqsa dolzarb, chunki mamlakatda malakali dantistlar yetishmaydi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi