11:09 / 28.09.2017
5 282

Sukerberg Trampning Facebook unga dushmanligi haqidagi gapiga javob qildi

Sukerberg Trampning Facebook unga dushmanligi haqidagi gapiga javob qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Trampning Facebook unga nisbatan dushmanlarcha siyosatni olib borayotgani haqidagi tanqidiga javob qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Tramp aytishicha, Facebook unga qarshi ekan. Liberallar aytishicha, biz Trampga saylovda g‘olib chiqishga yordam berganmiz. Ikkala tomon ham o‘zlariga yoqmagan g‘oyalar va kontent uchun xafa bo‘lmoqda. Barcha g‘oyalar uchun ochiq platformani boshqarish mana shunaqa bo‘ladi», — deb yozdi Sukerberg Facebook’dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi so‘nggi prezident saylovlari «nomzodlarning jamoatchilik bilan muloqotining asosiy usuli internet bo‘lgan birinchi saylovlar» bo‘lgan.

«Saylovlardan keyin men Facebook’dan ovoz berish yakunlariga ta’sir qilish uchun foydalanish — jinnilik deb aytdim. Bu kamsitib gapirish bo‘lgan ekan, bu gaplarimdan afsusdaman», — deya xulosa qildi Sukerberg.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sukerberg Trampning Facebook unga dushmanligi haqidagi gapiga javob qildi