13:36 / 01.10.2017
5 874

Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 3 ta yo‘nalishli avtobusda Wi-Fi Bus loyihasi doirasida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga tayanib “Terabayt.uz” xabar berdi.

Endilikda bepul Wi-Fi'dan 2-sonli, 38-sonli va 72-sonli avtobus yo‘lovchilari foydalanishlari mumkin. Unga qanday ulanadi?

Istalgan mobil qurilma yordamida Uzmobile-Wi-Fi tarmog‘idan kirish mumkin bo‘lgan Wi-Fi'ni tanlab, 9432 (Uzmobile abonentlari uchun) qisqa raqamiga yoki +99895 146-94-34 (boshqa mobil operatorlar abonentlari uchun) raqamiga xohlagan biror belgini SMS tarzida yuborish kerak.

Internet tezligi qancha bo‘lishi ma’lum emas.

“Toshshahartransxizmat” xabarida qayd etilishicha, foydalanuvchilarda bepul Wi-Fi orqali faqatgina Ziyonet.uz portaliga kirish imkoniyati bor.

Yil so‘nggiga qadar yana 50 ta yo‘nalishli avtobuslarda bepul internet tarmog‘ini joriy etish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi