16:59 / 05.10.2017
5 898

Google kompaniyasi Pixel 2 flagmanining yangilangan versiyasini taqdim etdi (foto)

Google kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlarining yangi avlodini — Pixel 2 hamda Pixel 2 XL’ni taqdim etdi. Ular o‘z o‘lchamlari, shuningdek, akkumulyator sig‘imi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
Google kompaniyasi Pixel 2 flagmanining yangilangan versiyasini taqdim etdi (foto)
Pixel 2 XL’ning eski vesiyasiga 6 dyuymli displey va juda nozik hoshiya o‘rnatilgan edi. Undan farqli ravishda «kichkina» Pixel 2 modeli 5 dyuymli ekran va keng hoshiyalar bilan jihozlandi.

Pixel 2 ekrani 1920x1080 nuqtadan, Pixel 2 XL — Quad HD esa 2560x1440 nuqtadan iborat. Yangi smartfonlarning ekrani Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan.

Gadjetlarga Qualcomm Snapdragon 835 protsessorlari o‘rnatilgan. Tezkor xotiralari 4—6 gigabaytni, ichki xotiralari esa 64—128 gigabaytlarni tashkil etadi. Qurilma kameralari 12,3 megapikselga teng.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon kamerasi dunyodagi eng tezkor hisoblanadi.

Kichkina modelning akkumulyator sig‘imi 2700 mA/soatni, kattasiniki esa 3250 mA/soatni tashkil etadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 64 gigabayt ichki xotiraga ega Pixel 2 modeli 650 dollardan, 128 gigabaytlisi esa 750 dollardan sotilishi mumkin. Pixel 2 XL modelining 64 gigabayt ichki xotiralisi 850 dollarga, 128 gigabaylisi esa 950 dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google kompaniyasi Pixel 2 flagmanining yangilangan versiyasini taqdim etdi (foto)