18:44 / 10.10.2017
6 688

Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 qachon namoyish etiladi?

Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 qachon namoyish etiladi?
HMD Global joriy yilda Nokia 3, Nokia 5, Nokia 6 va Nokia 8 smartfonlarini ishlab chiqardi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, fin kompaniyasi yangi Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari ustida ishlamoqda. Gizmochina'da kompaniya 2018 yilning boshidayoq yangi qurilmalarni ishlab chiqarishni boshlashiga doir ma’lumot paydo bo‘ldi.

Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 haqida qanday ma’lumotlar bor?

Nokia 2 boshlang‘ich darajali telefon sifatida taklif etiladi. Nokia 9 esa kompaniyaning yangi dolzarb flagmani bo‘ladi. Shuningdek taxminlarga ko‘ra, kompaniya Nokia 7 nomi ostidagi byudjet qurilmani ishlab chiqarish ustida ham ishlamoqda, hozircha uning xususiyatlariga doir ma’lumotlar yo‘q.

Nokia 2 smartfoni 5 dyuymli HD-displey, Snapdragon 212 chipseti, 1 Gb operativ xotira, 16 Gb ichki xotira va 400 mAs sig‘imli batareyaga ega bo‘lida.

Nokia 9, ma’lumotlarga ko‘ra, hoshiyasiz moslashuvchan ekran, Snapdragon 835 chipi va ikki asosiy kamera bilan ta’minlanadi. Uning 6 Gb va 8 Gb operativ xotirali modellari taqdim etiladi.

Qachon?

HMD Global bilan hamkorlik qiluvchi logistik kompaniya vakilining ta’kidlashicha, yangi Nokia smartfonlari bu yil taqdim etilmaydi. Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari 2018 yilning boshida namoyish etiladi. U bu haqidagi tasdiqlangan ma’lumotni o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. Nokia smartfonlari MWC 2018'da namoyish etilishi kutilmoqda, kompaniyaning bundan avvalgi yangi qurilmalari MWC 2017'da taqdim etilgan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 qachon namoyish etiladi?