16:38 / 11.10.2017
6 120

Kanadada dronlar vositasida yetkazib berish xizmatining sinovi boshlanadi

Kanadada dronlar vositasida yetkazib berish xizmatining sinovi boshlanadi
Kanadada dronlar yordamida oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi galda zarur bo‘lgan buyumlarni yetazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmat asosan mamlakatning avtotransportda borish qiyin bo‘lgan shimoliy hududlarida joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Fortune jurnali.

Nashrning yozishicha, Drone Delivery Canada kompaniyasi tijoriy yuklarni Kanada shimoliga dronlarda yetkazib berish uchun litsenziya olgan. Kvadrokoptyorlar bir oy mobaynida Amerikaning tubjoy aholisi Moose Cree First Nation qo‘rg‘onlari joylashgan yerlar ustidan uchadi. Hudud Torontodan 708 km uzoqlikda joylashgan.

«U yerda deyarli yo‘llar yo‘q, shu boisdan ham borish qimmat va boshog‘riq, — deydi DDC direktori Toni Di Benedetto. — Ikkita qo‘rg‘on daryo bilan ikkiga ajralgan, unisidan bunisiga kelish uchun suv taksisini yollash kerak».

Bu yerlarga pochta va zaruriy buyumlarni yetkazib berish juda qiyin. Masalan, standart idishdagi oshxona yuvish vositasi mahalliy aholiga 30-40 dollarga aylanadi. Sut va tez buziladigan mahsulotlar 2 marta qimmatdir. Qishda mahalliy aholi muzlagan daryo ustidan foydalanadi, ammo global iqlim isishi buni ham xavfli safarga aylantirmoqda. Vertolyotda parvoz qilish soatiga 1800 dollarga aylanadi.

Logistika bilan bog‘liq muammoni hal etish maqsadida dronlar yordamida «havo yo‘li» tashkil etish rejalashtirilmoqda. UUQni yo‘nalishning ikki tomonida ham nazorat qilishadi va quvvatlashadi. Keyinchalik, faqat dispetcherlar kuzatuvida bo‘ladigan muqobil parvozlarni ham yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozircha, DDC boshqarmadan dronlarning test parvozlariga ruxsat oldi, xolos.

Dastavval kompaniya 4,5 kggacha bo‘lgan yukni 80 kmgacha masofaga elta oladigan kichik dronlarni sinaydi. Shundan so‘ng, yirikroq UUQlardan foydalanish boshlanadi.

DDC kompaniyasining eng yirik droni, ta’kidlanishicha, 1500 kg yukni ko‘tarib, 15 soat mobaynida ucha oladi. Tizim 12 kmgacha balandlikdagi UUQni nazorat qilishi mumkin. Ammo tijorat maqsadidagi dronlar 150-450 metr balandlikkacha ko‘tarilishi mumkin.

Shveysariya esa, shu yilning oxirigacha tibbiy dronlar rasman faoliyat ko‘rsatishni boshlaydigan dunyoning ilk mamlakati bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanadada dronlar vositasida yetkazib berish xizmatining sinovi boshlanadi