21:14 / 20.10.2017
5 281

Odnoklassniki haftalik kibersport musobaqalarini ishga tushiradi

Odnoklassniki haftalik kibersport musobaqalarini ishga tushiradi
Odnoklassniki kibersport bo‘yicha muddatsiz bo‘lgan onlayn musobaqalarni o‘tkazishini e’lon qildi. Musobaqalar hafta davomida 11 turli hil o‘yinlar, jumladan Dota 2, PUBG, Hearthstone, Warface, FIFA va boshqa mashhur o‘yinlar bo‘yicha bo‘ladi. Boshlanishida biror o‘yinga bir musobaqa o‘tkaziladi, keyinchalik esa bir vaqtda bir necha musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirmoqda.

Birinchi musobaqalar shu yili bo‘lib o‘tadi. Har bir musobaqaning sovrin jamg‘armasi o‘yin turidan kelib chiqqan xolda belgilanadi va 100 mingdan 1 million rublgacha bo‘ladi. Musobaqalar Odnoklassnikida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi va har bir translyatsiyaning ijtimoiy tarmoq maydonchasidagi qamrovi 1 million foydalanuvchidan kam bo‘lmaydi.

Odnoklassniki musobaqalar qatnashchilari uchun maxsus ilovani ishga tushiradi. Ilova orqali ular jamoa yig‘ishlari, musobaqaga ro‘yxatdan o‘tishlari, musobaqa jadvalida o‘z jamoalarining harakatlanishini va boshqa jamoalar natijalarini kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Musobaqalar faqat onlayn ko‘rinishida o‘tkaziladi. Buning uchun videovitrinada aktual bo‘lgan strimlar bo‘limi paydo bo‘ladi. Shuning bilan birga translyatsiyalar nafaqat OKda, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlar va videoservislarda ham bo‘lib o‘tadi. Odnoklassniki musobaqalarni yoritish uchun o‘yinlar strimerlarni taklif qiladi, shu jumladan boshqa maydonlarda translyatsiya olib boruvchi strimerlarni ham.

Ijtimoiy tarmoq reklama beruvchilarni ham musobaqalarga qo‘shishni rejalatirgan. Ular onlayn translyatsiyaning o‘zida taqdim etilishlari yoki musobaqaning homiysi bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Aleksandr Volodin, Odnoklassiki ijtimoiy tarmog‘ining strategik hamkorlik bo‘yicha direktori:

– O‘zimizning jahon miqyosidagi musobaqalar seriyasini o‘tkazish g‘oyasi 2016 yilda OKda kibersport vitrinasi ishga tushirilishi bilan paydo bo‘ldi. Bir necha yil oldin internetda butun jahondan bo‘lgan kibersportchilarga muntazam ravishda unvonlar va sovrinlar uchun kurashish imkonini beruvchi loyihalar bor edi. Biz ushbu an’analarni qayta tiklash va kibersportchilarga onlayn tarzda hafta davomida tajriba yig‘ish imkoniyatini bermoqchimiz. Bu esa kibersport rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musobaqalar seriyasi muddatsiz bo‘ladi, keyingi rejalarda esa o‘yinlar sonini 40-50ga qadar ko‘paytirish.

Odnoklassnikidagi kibersport translyatsiyalarining bir oylik auditoriyasi 4,7 million foydalanuvchini tashkil etadi va ularnin 55% 25 yoshdan kichik. Ijtimoiy tarmoqning kibersport auditoriyasining eng faol qismi 18-25 yoshgacha bo‘lgan erkaklardir. OKda kibersmortning eng yirik musobaqalari namoyish etiladi, xususan The Kiev Major 2017 namoyishi 20 milliondan ortiq odam tamosha qildi. Musobaqaning final kunini esa maydonchada 9,5 million kishi tamosha qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki haftalik kibersport musobaqalarini ishga tushiradi