Telegram'ning rasmiylar bilan hamkorligi darajasi yurisdiksiyaga aloqador emas hamda yagona prinsiplarga bog‘liq, deya ma’lum qildi servis asoschisi Pavel Durov.
"Rossiya prezidentining internetni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Telegram go‘yoki rus davlat idoralari murojaatlariga e’tibor qaratmayotgani, biroq boshqa davlatlar, masalan, Indoneziya bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqiqat emas", - deya yozgan Durov "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya shaxsiy yozishmalarni berish to‘g‘risida talab qo‘ymagan.
Shuningdek, Durovning xabar berishicha, Telegram butun dunyo bo‘ylab “omma ko‘rishi mumkin bo‘lgan qonunga zid kontentni” o‘chirib tashlash bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, hech bir davlatdagi organlarga shaxsiy ma’lumotlar berilmaydi.
"Garchi Telegram auditoriyasining katta qismi Rossiyadan ko‘ra mutaassibroq bo‘lgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelsa ham, Telegram faqatgina Rossiyada xabarlarni shifrlash kalitlarini taqdim etmagani uchun jarimaga tortildi. Bu Telegram’ning global bozordagi to‘rt yillik ishi davomida ilk shunday holat", - deya ta’kidlab o‘tdi Durov.
Oktyabr o‘rtalarida Moskvadagi sud Telegram’ni Federal xavfsizlik xizmatiga xabarlarni qayta kodlash uchun ma’lumotlarni taqdim etmagani uchun 800 ming rubllik jarimaga tortgandi. Durovning ma’lum qilishicha, FXX talablari konstitutsiyaga zid va ularni bajarish texnik jihatdan imkonsiz.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi