Atlantika okeanidagi Uollops orolida joylashgan kosmodromdan kecha parvoz qilgan Cygnus kemasi qurilma va kiyim-kechaklardan tashqari, XKSga fazogirlar sevib iste’mol qiluvchi narsalarni ham yetkazib beradi.
Xususan, gap ekipajning amerikalik a’zolari uchun muzlatilgan mevali shirinlik, vanilli va shokoladli muzqaymoq, hamda hattoki pitssa haqida ketmoqda. Pitssa koinotga italiyalik Paolo Nespoli uchun olib boriladi.
— Pitssa va muzqaymoq tez orada yetkaziladi! Buni intiqlik bilan kutmoqdamiz, - deya yozdi amerikalik astronavt Josef Akaba "tvitter"dagi sahifasida.
XKS uchun yukka ega bo‘lgan Antares raketasi bir sutkalik kechikish bilan parvozga chiqdi. Bunga uchish maydonchasi hududida samolyotning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. U qirg‘oqdan o‘n kilometr masofada, 150 metrlik balandlikda uchib o‘tdi.
Tutashtirish rejasiga ko‘ra, astronavtlar Cygnus’ni robotlashtirilgan manipulyator-qo‘l yordamida "tutib olishadi". Kema shu holatda stansiyaga birikkan tarzda uch hafta davomida qoladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi