Protsessorlar va kompyuterning boshqa ehtiyot qismlarini eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Intel kompaniyasi 5G standarti uchun radiomodemlar qatorini taqdim etadi. Ular 2019 yilda sotuvga chiqadi hamda simsiz tarmoq orqali soniyasiga gigabaytlab ma’lumotni uzatishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Intel, Qualcomm va boshqa firmalar tahlilchilarining taxminicha, 5G aloqa tarmoqlari aylanmasi vaqt o‘tib trillion dollarga yetadi. Bu texnologiya haydovchisiz avtomobillarda ma’lumot almashishning asosiga aylanadi hamda uylarda kabelli modemlarni almashtiradi. Jarayon kompleks radiosignallarni qayta ishlash imkoniyatiga ega mikrochiplarni yaratishdan boshlanadi.
Intel LTE’ning zamonaviy tarmoqlari uchun 5G-modemlar qatorini taqdim etadi, jumladan - Intel XMM 8000 seriyasi, shuningdek, bu avloddagi eng yangi chip - Intel XMM 7660’ni ham. Intel so‘zlariga ko‘ra, prototiplar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, XMM 7660 chipi esa gigabit tezligiga yetgan. Modemlar 2019 yilda sotuvga chiqariladi, 5G’ga ommaviy o‘tish esa 2020 yilga rejalashtirilgan.
Intel XMM 8000 mikrochiplari 6 GGs.gacha diapazonda ishlaydi hamda ko‘plab qurilmalarga mo‘ljallangan. Ular orasida kompyuter va smartfonlardan tortib gadjetlar hamda avtomobillar ham bor. Eng birinchi esa XMM 8060 modeli bo‘ladi, u 2019 yilning o‘rtalarida paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Venture Beat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?