16:58 / 29.11.2017
4 431

Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan qozog‘istonlik Karim Baratov AQSh sudida aybini tan oldi

Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan qozog‘istonlik Karim Baratov AQSh sudida aybini tan oldi
Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan kelib chiqishi qozog‘istonlik Kanada fuqarosi Karim Baratov San-Fransisko sudida aybini tan oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, Baratovga nisbatan hukm 2018 yil, 20 fevralga belgilangan eshituvlarda e’lon qilinishi mumkin.

Oldinroq ayblanuvchining o‘zi ishi tezroq oldinga siljishi uchun Kanadadan ekstraditsiya qilinishiga rozi bo‘lgandi.

Ayblov tomoni Baratov va yana bir xaker — Aleksey Belan elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompaniyalar, jumladan, Yahoo tarmoqlarini buzib kirib, AQSh va Rossiya fuqarolariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

AQSh prokurorlari bu Rossiya hukumati tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Kiberhujumlarga ikki davlat hukumat a’zolari, diplomatlar, jurnalistlar va tijoriy kompaniyalar duch keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan qozog‘istonlik Karim Baratov AQSh sudida aybini tan oldi