12:47 / 10.12.2017
4 232

Yaponiyada g‘ayrioddiy xususiyatga ega robot yaratildi

Yaponiyada g‘ayrioddiy xususiyatga ega robot yaratildi
Yaponiyaning Taisei kompaniyasi mamlakatda tobora avjiga chiqayotgan ishga mukkasidan ketish bilan bog‘liq korporativ kasallikning oldini olish yuzasidan innovatsion taklif ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, ishda juda kechgacha qolib ketgan xodimlarni maxsus uchar gadjet qo‘shiq kuylab ofisdan haydab yuboradi. Bu to‘g‘rida dron ishlab chiqaruvchi Taisei kompaniyasiga tayanib Terabayt.uz xabar bermoqda.

Ishlab chiqaruvchi taklif qilayotgan dron juda aqlli — misoli robot kabi. Undagi maxsus kameralar hamda navigatsiya-harakatlanish tizimi "bulutli" texnologiya orqali ma’lumotlarni qayta ishlash markazining ma’lumotlariga ko‘ra harakatlanadi. Dron buyurtma kelib tushgan idoraga tomon uchadi va u yerga borib uyga ketishga shoshmayotgan xodimlarni tantanali ravishda kuzatib qo‘yadi.

Darvoqe, xodimni uyiga kuzatish uchun robot-dron yaponlarning Auld Lang Syne musiqasidan foydalanadi. Bu qo‘shiqdan odatda yapon do‘konlari xaridorlarni do‘kon yopiladigan vaqt bo‘lganini xabardor qilish uchun foydalanishadi.

2018 yilning aprelidan boshlab bu dron xizmatlaridan foydalanish mumkin. Undan foydalanish uchun esa oyiga 443 dollar ish haqi to‘lash kerak bo‘ladi. Biroq, bu kabi xizmatdan foydalanishga biror kompaniya yoki korporatsiyaning jur’ati yetish-yetmasligi hozircha qorong‘u.

Bu dron o‘z-o‘zidan yaratilmagan. Gap shundaki, bir muddat avval yaponilyaik ayol jurnalistlardan biri tinimsiz 159 soat davomida ishlaydi va buning oqibatida vafot qiladi. Yaponiyada ish vaqtidan keyin qolib ishlash korporativ madaniyatning majburiy qismi hisoblanadi. Xodimlar shu orqali rahbariyatga ishga qanchalar sadoqatli ekanlkilari, ishni har narsadan, jumladan oila va do‘stlardan ham ustun qo‘yishlarini namoyish qiladilar. Natijada, ishdagi tushkunlik hisobiga so‘nggi yillarda uzoq umr ko‘radigan yaponlar orasida infarkt, insult xastaliklari soni oshib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada g‘ayrioddiy xususiyatga ega robot yaratildi