16:19 / 11.12.2017
6 330

Xushxabar: Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Xushxabar: Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!
Telegram messenjerining kompyuter va noutbuklarda ishlovchi Telegram Desktop ilovasi ham 1.2.0 talqiniga qadar yangilandi. Bu haqda messenjerdagi Telegram Live kanali xabar bergan.

Aytilishicha, Telegram Desktop’ning barqaror ilovasi ham, uning sinovchilarga mo‘ljallangan Alpha-talqini ham 1.2.0 yangilanishiga ega bo‘lgan.
  1. Dizayn yaxshilangan: muloqotdagi profil, guruh yoki kanal haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi yon panel qo‘shilgan; uni yoqib/o‘chirib qo‘yuvchi tugmacha esa yuqorida – ustma-ust joylashgan uchta nuqta ko‘rinishidagi menyu tugmachasi yonida joylashgan.
  2. Kanallarda endi biror xabarni (postni) biriktirib qo‘yish imkoniyati bor.
  3. Superguruhlarda xabarlar tarixini tozalash imkoniyati qo‘shilgan.
  4. Botlar bilan yozishmalardagi «Udalit soobщeniye u {ism}» qismi olib tashlangan.
  5. Superguruhlarda sana bo‘yicha xabarlarga o‘tishda endi, guruhdagi superguruhga aylantirilmasidan oldingi xabarlar ham inobatga olinadi.
  6. Guruhlar va superguruhlarda xabarlarda «administrator» belgisining aks ettirilishi qo‘shilgan.
  7. Avatarsiz foydalanuvchilar bilan yozishmalarda belgicha foni endi xuddi Android-ilovadagi kabi aks ettiriladi.
  8. Oldingi versiyalarda menyuni ochganda yuqori qismda turadigan «Bulut» ham, xuddi Android va iOS uchun ishlab chiqilgan ilovalardagi kabi, endi menyu ro‘yxatiga ko‘chirilgan va «Saqlangan xabarlar» (yoki «Tanlanganlar») deb nomlangan.

Telegram Desktop 1.2.0 versiyasidagi yangi taqdim etilgan imkoniyatlar va o‘zgarishlar asosan quyidagilardan iborat:

Aytish kerakki, messenjerning yangilangan desktop ilovasi turli operatsion tizimlardagi kompyuter va noutbuklar uchun alohida-alohida taqdim etilgan. Ulardan o‘z qurilmangizga mosini ko‘chirib olib o‘rnatish uchun mana bu havola orqali tegishni sahifaga o‘tishingiz mumkin. Sinovchilar esa Telegram Desktop’ning 1.2.0 Alpha-talqinini ko‘chirib olish uchun ushbu havola orqali o‘tishlari lozim.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xushxabar: Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!