14:17 / 15.12.2017
9 063

Qoyilmaqom iPhone SE 2018 suratlari tarqaldi – romsiz klassika! (Foto)

Qoyilmaqom iPhone SE 2018 suratlari tarqaldi – romsiz klassika! (Foto)
2018 yilning mart oyida Apple kompaniyasi har yilgidek o‘zining taqdimot tadbirini o‘tkazadi. Unda namoyish etiladigan yangi qurilmalardan biri albatta iPhone SE 2018 bo‘lishi kerak, deb yozadi AKKet nashri. Bu smartfon kelasi yilning boshidanoq bozorga taqdim etilishi mumkinligi borasidagi taxminlar esa o‘zini oqlamadi.

Mazkur smartfon xususiyatlari haqida turli ma’lumotlar tarqalgan bo‘lsa-da, ularning birortasi ham rasmiy tarzda tasdiqlangan emas. Biroq Curved resursi mazkur gadjet haqida o‘z qarashlarini bildirib, uning render-suratlarini ham taqdim etdi, deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, 2018 yilgi iPhone SE modeli diagonali 4,7 dyuymga teng, yon tomonlari romsiz OLED-ekranga ega bo‘ladi. Ekranning tepa qismida esa maxsus «o‘yiq» ochilgan bo‘lib, unga Face ID yuz skaneri va boshqa datchiklar o‘rnatiladi. Bu jihatlari bilan mazkur ixcham qurilma iPhone X – yubiley ayfoniga o‘xshash bo‘ladi.

Taxminlarga ko‘ra, iPhone SE 2018’da barmoq izi skaneridan voz kechiladi, ammo uning asosiy kamerasi yonma-yon joylashgan juft ob’ektivga ega bo‘ladi. iPhone X va iPhone 8 Plus modellaridan farqli ravishda, kamera korpus sathidan ko‘tarilib turmaydi, shu tufayli telefonni biror silliq yuzaga qo‘yganda, u chiroyli joylashadi. Romsiz OLED-ekran va yanada kuchliroq texnik ta’minoti tufayli, yangi smartfon korpusining qalinligi 0,2 millimetrga qalinroq bo‘ladi. Ammo 2016 yilgi modelga taqqoslaganda bu bilinmaydi ham.

iPhone 8 hamda iPhone X modellaridan farqli tarzda, iPhone SE 2018 korpusi metalldan ishlanadi, biroq burchaklari avvalgi «ajdod»idagiga nisbatan ko‘proq dumaloqlangan bo‘ladi. Bu esa telefonni kaftda ushlashda va bitta qo‘l bilan boshqarishda qulaylikka olib keladi.

Yangi avlod iPhone SE tezkor xotirasi 3 gigabayt hajmga ega bo‘lib, devays 6 yadroli ilg‘or Apple A11 Bionic protsessori bazasida ishlaydi.

To‘g‘ri, yuqoridagi ma’lumotlar va suratlarning bari taxminiy, lekin agarda iPhone SE 2018 shunaqa ishlab chiqarilsa, u juda qoyilmaqom, hatto iPhone X’dan ham qiziqarliroq bo‘lishi mumkin. Bordiyu Apple shunday telefonni 500-600 dollar narxida taqdim etsa bormi – u yanada ommalashib ketadi. Omon bo‘lsak birga ko‘ramiz – bizdan uzoqlashmang!

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qoyilmaqom iPhone SE 2018 suratlari tarqaldi – romsiz klassika! (Foto)