14:23 / 15.12.2017
9 685

Samsung Galaxy S10 qanday bo‘ladi?

Samsung Galaxy S10 qanday bo‘ladi?
Janubiy koreyalik gigant hali Galaxy S9 modelini rasman namoyish qilmay turib, undan ham keyingi avlod flagmani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. 2019 yilda taqdim etiladigan Galaxy S10 hozirgi smartfonlardan umuman boshqacha bo‘ladi. Bu haqda «Android Authority» nashriga tayanib «Terabayt.uz» sayti xabar berdi.

Samsung hali 2015 yildayoq Koreyada juda qiziqarli patentni namoyish etgan edi, deyiladi xabarda. 2016 yili esa uni AQSh patentlashtirish tashkilotiga topshirishgan. U haqidagi ma’lumot esa bugungi kunga kelibgina USPTO tomonidan e’lon qilindi. Bu yerda shunday qurilma haqida gap ketyaptiki, uning butun korpusini displey o‘rab olgan bo‘lishi mumkin.

Xullasi kalom, Galaxy S10 to‘liq qayrilma displeyga ega bo‘lishi haqiqatga o‘xshayapti. Mana, quyidagi suratlarda tomosha qiling:

Guvohi bo‘lganingizdek, qurilma form-faktori oddiyligicha qolsa-da, uning displeyini qayrilma ekran, deyish mumkin. Bu – oddiy devayslar va qayrilma displeyli gadjetlar o‘rtasidagi oraliq variantdir. Samsung Galaxy S10 aynan shunday bo‘lishi mumkin, chunki oddiy form-faktordagi deyarli barcha imkoniyatlar smartfonlarda qo‘llab bo‘lingan.

Ikkita displeyga ega smartfon g‘oyasini 2017 yili Meizu amalga oshirgan edi – uning Pro 7 modeli korpusining orqa qismida ham ekrani bor. Biroq Samsung patentidagi displey yaxlit bo‘lib, korpusning old tomoni, bitta yon qirrasi va orqa paneldan joy egallaydi.

Hozirdanoq ayrim dizaynerlar mazkur patent asosida Galaxy S10 modelining renderlarini yasashga kirishib ketishgan. Balki Samsung’ning 2019 yilgi flagmani aynan shunaqa ko‘rinish olar? Omon bo‘lsak birga ko‘ramiz – bizdan uzoqlashmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S10 qanday bo‘ladi?