17:22 / 10.01.2018
3 930

Apple bolalarni iPhone'lar ta’siridan himoya qilishga va’da berdi

Apple болаларни iPhone'лар таъсиридан ҳимоя қилишга ваъда берди
Apple kompaniyasi investorlar bosimi ostida bolalarni smartfonga tobelikdan himoyalash uchun ota-ona nazorati funksiyasini kiritishga rozi bo‘ldi. Bu haqda «The Verge»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

iOS'ga kiritiladigan funksiya ota-onalarga ularning farzandi ayfon ekrani qarshisida qancha vaqt o‘tkazayotganini kuzatish va zarurat tug‘ilganda gadjetdan foydalanishni cheklash imkonini beradi.

Kompaniya o‘smirlarning smartfonga tobelik muammosiga jiddiy munosabatda ekanini, shu bois qo‘lidan kelganicha unga qarshi kurashishga harakat qilishini ta’kidladi.

Yangi funksiyaning kiritilish muddati hozircha ma’lum qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple bolalarni iPhone'lar ta’siridan himoya qilishga va’da berdi