Aksariyat allaqachon devayslardagi biometrik sensorlarga o‘rganib qolgan, biroq plastik kartadan pul yechish kerak bo‘lsa, hali-hanuz PIN-kod kabi eng xavfsiz usuldan foydalaniladi. Visa kompaniyasi bunga o‘zgartirish kiritishga qaror qildi va o‘z kartalariga barmoq izlari skanerini o‘rnata boshladi.
Ta’kidlash joizki, Visa vakillari yangi usulga bekorga murojaat qilishmagan. Keng ko‘lamdagi so‘rovnoma o‘tkazilib, unda foydalanuvchilar tomonidan yangi usul tanlangan. Uning mohiyati shundan iboratki, kimki yangi namunadagi Visa kartasidan foydalansa, barmoq izlari skaneri yordamida shaxsni tasdiqlovchi odatiy jarayonni qo‘llay oladi. Barmoq izlari skaneri karta terminalga qo‘yilgan paytda faollashadi. Foydalanuvchi barmog‘ini qo‘ysa, chip uning izlarini arxivdagisi bilan taqqoslaydi va tranzaksiyaga ruxsat beradi yoki bermaydi. Bundan tashqari, PIN-kod orqali tasdiqlashdek "an’anaviy" usul ham qoladi.
Tizim to‘liq avtonom hisoblanadi, zero barmoq izi faqat kartaning o‘zida saqlanadi, chip esa terminaldan quvvat oladi. Yangi namunadagi ilk kartalar Mountain America Credit Union va Bank of Cyprus kompaniyalari xodimlari hamda mijozlariga tarqatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi