10:02 / 20.01.2018
9 414

Kriptovalyuta nima? «Bitcoin» orqali pul ishlab topish mumkinmi?

Kriptovalyuta nima? «Bitcoin» orqali pul ishlab topish mumkinmi?
Kriptovalyutalarni qaysidir ma’noda virtual olamning «kommunizmi» deyish mumkin. Bu kabi tizimning egasi va hatto tashqi yoki ichki boshqaruvchisi ham yo‘q. Tashqi tarafdan tizimning ichida sodir bo‘layotgan o‘tkazmalarga hech qanaqasiga ta’sir o‘tkazib bo‘lmaydi.

O‘tkazmalar uchun servisning egalariga hech qanday komissiya to‘lovi mavjud emas, chunki uning egasi yo‘q. Faqatgina maynerlarning xizmatiga to‘lanadi (ular yangi pul birliklarini topish bilan hamda o‘z kompyuterlari yordamida o‘tkazmalarning mo‘’tadilligini saqlab turish bilan shug‘ullanadi), biroq u ham majburiy emas va faqatgina transaksiyalarning o‘tishini tezlashtirish uchun kerak.

Internet rivojlangani sayin odamlar «uzoqdan turib» pul to‘lashiga to‘g‘ri kela boshladi. Pulni qo‘ldan qo‘lga berishni esa umuman iloji yo‘q. Shuning uchun «o‘rtakash»larga, ya’ni elektron to‘lov tizimlari, bank yoki kurerga murojaat etish kerak.

Har qanday «o‘rtakash» bajarayotgan amaliyoti uchun haq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim xohlamaydi. O‘tkazilayotgan pul qancha ko‘p bo‘lsa, soliqlardagi yo‘qotish ham shunchalik ko‘p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o‘ylanib qoldi: «qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koeffitsiyenti) 100 foizga oshirgan holda biznes yuritish mumkin?».

Takliflar juda ko‘p edi, lekin hammasi rad etildi, axir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, firibgarlardan qanday himoyalanish — pulni aynan siz o‘tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?

Satoshi Nakamoto. Foto: «IQMonitor»

Buning yechimi 2009 yil Satoshi Nakamoto matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to‘lov tizimini ommaga taqdim etganida topildi. To‘lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi — bitkoinlar bo‘ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanadi va ularni boshqa hamyonga tushirish hamda ishlatish mumkin.

«Bitcoin» — bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar.


Bir «Bitcoin» hamyon hisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar barchaga ochiq holda, bir hamyondan yoki boshqa manzildan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko‘rsatishni taklif etdi. Ya’ni siz kriptovalyuta tarmog‘iga ulanganingizda, barcha «Bitcoin»lar oldi-sotdisini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, barcha hamyonlar anonimdir (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun sizga kimdir qaysidir hamyon uniki ekanini aytmagan bo‘lsa, hech qachon bu haqida bila olmaysiz.

Umuman olganda, «Bitcoin» — bu hech qanday moddiy ekvivalenti yo‘q va shunchaki ma’lumotlar bazasidagi qaydlar jamlanmasidan iborat virtual pullar. Baza ham, u o‘rnatilgan texnologiya ham juda ishonchli bo‘lganligi sabab, u insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Kriptovalyutalar «BlockChain» nomini olgan («bloklar zanjiri») baza asosida yaratilgan. Uning ishlash tarbini tushuntirishga harakat qilamiz:
  • G‘oyaning asosi markazlashmagan ma’lumotlar bazasini yaratish (bittorrent kabi asosiy serverga ega bo‘lmagan) va ma’lumotlarning nusxalarini shifrlangan holda tizimning barcha ishtirokchilar serverida saqlash. Bitkoinda bu — kriptovalyuta birliklarida amalga oshiriluvchi barcha amaliyotlarning transaksiyalar bazasi hisoblanadi. Barcha ro‘yxatga olingan va bu ma’lumot barcha ishtirokchilar uchun mavjud;
  • Bazadagi barcha yangi ma’lumotlar ishtirokchilarda mavjud nusxalarga mos keladi. Sinxronizatsiya va konsensus yaratish algoritmlari ishlaydi. Uni o‘g‘irlash uchun esa kamida ishtirokchilarning yarmidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish kerak, millionlab tarmoqlar ichida buni amalga oshirish deyarli imkonsiz;
  • Qalbaki to‘lov tizimidan foydalanish uchun bloklar zanjirida saqlanuvchi taqsimlangan bazalarni ham almashtirish kerak (minglab kompyuterlardagi), buning uchun esa barcha kompyuterlarga kira olish lozim bo‘ladi. Bama’nilik.

Ammo texnologiya bu texnologiya, pul esa — pul. Moddiy jihatdan mavjud. «Bitcoin» nomli kriptovalyutani yaratishda ma’lum bir qonun-qoidalar qabul qilingan:

1. «Bitcoin» kuchli inflyatsiyaga uchramasligi uchun, dastlab ushbu virtual pullarning miqdorini cheklash maqsad qilingan. Shu sababli virtual oltin ekvivalenti degan tushuncha kiritilgan, uni sotib yoki qazib olib qo‘lga kiritish mumkin. Yangi «Bitcoin»larni qo‘lga kiritish usuli mayning deyiladi («virtual shaxtachilar», ammo ular kirkalar yordamida emas o‘zining kompyuterlari va maxsus yaratilgan tizimlari asosida ishlaydi).

2. «Bitcoin» oltinga yanada o‘xshashroq bo‘lishi uchun uni qo‘lga kitirish oltinni qazib olishdek mushkul ishga aylantirilgan. Aks holda kriptovalyutaning mavjud grafigida yangi birliklar ko‘payib ketadi. Buning uchun esa barcha maynerlar («virtual shaxtachilar») o‘z kompyuterlari yoki maxsus tizimi orqali juda murakkab hisob-kitoblarni amalga oshiradi — xesh funksiyasi deb ataladigan maxsus formuladan foydalanib hisoblangan raqamlarni berilgan shablonga tashlaydi.

3. Shablon esa shunday hisob-kitob bilan aniqlanadiki, maynerlarning har qanday raqamida «Bitcoin»ning yangi birligi 10 daqiqada bir marta paydo bo‘ladi. Tizim ikki haftada bir marta kriptovalyutaning navbatdagi birliklarini «qazib olish ishlarini» murakkablashtirish maqsadida to‘g‘irlash kiritadi, bu esa kerakli shablonning ko‘tarilishiga yoki pastga tushishga yordam beradi.

4. Kriptovalyutaning yangi birligini qo‘shgan odamga ketgazgan xarajatlari to‘lab beriladi («Bitcoin»da). Vaqt o‘tgan sari ushbu mablag‘ kamaymoqda, biroq kriptovalyuta kursining o‘sayotganligi buni bemalol qoplaydi.

5. O‘z kompyuterlarini mayning uchun bergan odamlar bir vaqtning o‘zida ushbu tizimga transaksiyalar (to‘lovlar)ni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek, tizimning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini sinxronlashtiradi.

6. Tizimning har bir foydalanuvchisiga maxsus manzil (oddiy kalit asosida yaratilgan kriptografik hisob) va maxfiy kalit beriladi. Bu orqali u o‘tkazmalarni tizimning bir manzilidan boshqasiga ko‘chira olishi mumkin. Bu xuddi odatdagi hamyonga o‘xshaydi, faqat o‘tkazmalar shaffof tarzda amalga oshiriladi va barcha kim kimga qancha o‘tkazganini ko‘ra oladi.

«Bitcoin»ning afzallik va kamchiliklari
Hozirgi vaqtda «Bitcoin» valyutasi kursi juda baland ekanligi tufayli, hisob-kitoblar uning kichik bir ulushida olib boriladi. Oldi-berdilarda ko‘pincha «satoshi» ishlatiladi. Uning qiymati 0.00000001 «Bitcoin»ga teng.

Mustaqil. Tizim mutlaq avtonom va hech kimning yordamiga muhtoj emas. Siz bir hamyondan boshqasiga mablag‘ o‘tayotganini ko‘rib turasiz, ammo uni taqiqlay ham, bloklay ham olmaysiz. Hatto bu shaxslar jamiyatning kushandalari bo‘lsa ham.

Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha «Bitcoin» topish mumkin, bundan so‘ng esa yetishtirish to‘xtatiladi. Buni oqibatida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo‘lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va har zamon kursini o‘zgaritirib turaveradi.

To‘liq maxfiylik. «Bitcoin» hamyonni raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo‘lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo‘l ochiladi.

«O‘rtakash»larning yo‘qligi. «Bitcoin»larni o‘tkazish uchinchi tomonsiz (banksiz) amalga oshiriladi. Bu esa bitimning tezda «imozlanishi»ga xizmat qiladi. Ammo bu uning xavfsizligiga putur yetkazadi va o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarib olib bo‘lmaydi.

Ta’minlanmagan. Kriptovalyuta, real pullarga o‘xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va boshqa sabablarga ko‘ra «Bitcoin» kursi kutilmaganda to‘liq nolga tushib ketishi hech gap emas.

Rasmiy ishlamaydi. «Bitcoin» moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko‘p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada «Bitcoin» yetishtirish bilan shug‘ullanganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali to‘liq kuchga kirmagan. Ammo yaqindagina Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning rasmiy kriptovalyutasini — «El Petro»ning dastlabki emissiyasini tasdiqladi.

Ko‘rib turganingizdek kriptovalyutaning kelajagi hozircha aniq emas. Biroq bu holat ko‘plab insonlarning pul topishga bo‘lgan ishtiyoqiga xalaqit qilmayapti.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kriptovalyuta nima? «Bitcoin» orqali pul ishlab topish mumkinmi?