14:04 / 22.01.2018
23 472

Telefoningiz kuzatuvdami? Buni aniqlash va kuzatuvdan xalos bo‘lish yo‘llari

Telefoningiz kuzatuvdami? Buni aniqlash va kuzatuvdan xalos bo‘lish yo‘llari
So‘zlashuvlaringizni kimdir eshitayotgan bo‘lishi mumkin
Barchamizning qo‘limizda mobil telefon bor, ko‘pchiligimiz internetdan foydalanamiz. Bu vositalarda o‘zaro ma’lumotlar almashamiz. Oxirgi vaqtlarda «so‘zlashuvimni boshqalar eshitmayaptimi,telefonim kuzatuvda emasmikin?» — qabilidagi xavotir ko‘pchilikni bezovta qila boshladi. Ayniqsa, «WikiLeaks»tashkilotining internetda e’lon qilayotgan ma’lumotlaridan so‘ng hushyor tortishga majbur bo‘lyapmiz.

Shaxsiy axborot xavfsizligi — har narsadan ustun
Telefonni nafaqat maxsus xizmat vakillari, balki g‘arazli maqsadni ko‘zlagan xakerlar, jinoyatchilar yoki shunchaki yon-atrofingizdagi tanishlaringiz kuzatishi mumkin. Shaxsiy axborot xavfsizligi —har narsadan ustun. Shu sabab quyida shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlashga ko‘mak beradigan foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Bir nechta qisqa kodlar orqali telefoningiz sozlamalari haqida hamda undagi SMS va boshqa ma’lumotlar himoyalanganmi, sizni biror kishi kuzatmayaptimi, bilib olishingiz mumkin.

*#21#
Smartfoningizda ushbu kodni terish orqali qo‘ng‘iroqlar, SMS va boshqa ma’lumotlar qayta manzillanganmi (pereadresatsiya) aniqlash mumkin. Ekranda qayta manzillash ko‘rinishlari va ma’lumotlar ko‘chiriladigan raqam paydo bo‘ladi. Odatda bunday qayta manzillashni rashkchi umr yo‘ldoshi yoki bolalarni jinoyatchilar va spam-xabarlardan himoyalash maqsadida ota-onalar «sozlab» qo‘yishadi. Ko‘pincha, noma’lum kishiga bir marta qo‘ng‘iroq qilib olishi uchun telefonini berib turgan keksa kishilar bu usul «qurboni»ga aylanadilar. Natijada qariya kuzatuvga olinadi, qayerda yashaydi, yolg‘iz yashaydimi, kun tartibi qanaqa... ko‘p hollarda«qurbon»ning bankdagi hisoblaridan ham xabardor bo‘lib olishadi.

*#62#
Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olishmasa, qo‘ng‘iroq, SMS va boshqa ma’lumotlar qayerga yo‘naltirilyapti — yuqoridagi qisqa kodni terib raqamni aniqlashingiz mumkin. Odatda, mobil operatoringizning ovozli chaqiruvlarni yo‘naltiradigan (ovozlipochta) raqami ulangan bo‘ladi.

##002#
Telefoningizdagi barcha ko‘rinishdagi qayta manzillangan raqamlarni o‘chirish imkonini beradigan universal kod. Bu koddan foydalanish rouming hududida bo‘lganingizda juda qulay — shunda ovozli pochtaga yo‘naltiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun ortiqcha pul to‘lashdan xalos bo‘lasiz.

*#06#
Bu kod yordamida IMEI (International Mobile Equipment Identifier) — xalqaro mobil qurilma identifikatorini aniqlash mumkin. O‘z smartfoningiz identifikatsiya raqamini bilsangiz, telefon o‘g‘irlatib qo‘yilganda, uni topish imkonini beradi.Telefonga boshqa sim-karta o‘rnatilgan taqdirda ham, undan qo‘ng‘iroq amalga oshirilishi hamonoq IMEI avtomat ravishda operatorda «ko‘rinadi». Agar sizning IMEI raqamingiz boshqa birovga ma’lum bo‘lsa, u smartfoningiz haqida bilib oladi: modeli, texnik tavsifi va hok.

Antivirusdan foydalaning
Agar «Android» ishlatsangiz, telefoningizda viruslar bor-yo‘qligini muntazam tekshirib turing. «PlaceRaider» — eng xavfli viruslardan biri. Ushbu troyan telefonga kirib olgach, telefon kamerasi yordamida atrofni rasmga oladi, ish joyi yoki uyingizning 3D-modelini yaratadi, so‘ng internetga ulanishingiz hamonoq, yig‘ilgan ma’lumotlarni smartfoningiz parollariga qo‘shib, o‘z yaratuvchilariga jo‘natadi.

Maxsus xizmat qanday kuzatadi?
Barcha mamlakatlarda xavfsizlik xizmatlari mobil operatorlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Sud qarori asosida istalgan mijozga tegishli kamida 3 oy ichida uzatilgan ma’lumotlarni ularga taqdim qilishi mumkin.

Firibgar va o‘g‘rilardan qanday himoyalanish kerak?
Nisbatan xavfsiz messenjerlar — «Telegram»,«Chare», «Wickr» yoki «Signal»dan foydalanish.

Har kim internetga qanday ma’lumotlar joylash o‘zi va oilasi uchun xavfsiz ekanini aniqlashtirib olishi zarur. Telefon raqamingizni hamma bilishi shartmi, oilangiz, yaqinlaringiz va hayot tarzingiz haqida-chi? Shuni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Ayniqsa, farzandlaringiz rasmini internetga joylashtirishda ehtiyotkor bo‘ling.

Telefonga notanish dasturlarni o‘rnatmang
Faqatgina mobil operatori sizga:oila a’zosi, tanish kishi yoki kompaniya xodimi qayerdaligini kuzatish xizmatini taklif qilishi mumkin. Shunda ham o‘sha abonentning ruxsati (agar u balog‘atga yetganbo‘lsa)dan keyin. Mijozning qayerdaligini aniqlab berishni taklif qiluvchi turli saytlar va ilovalarning bari — firibgarlar. Ehtiyot bo‘ling!

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telefoningiz kuzatuvdami? Buni aniqlash va kuzatuvdan xalos bo‘lish yo‘llari