06:00 / 01.02.2018
6 370

O‘zbekistonda ushbu yildan telefon raqamlari 9 sonli shaklga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ushbu yildan telefon raqamlari 9 sonli shaklga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda joriy yilda telefon raqamlari yettidan to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zbektelekom» kompaniyasi Facebook’da xabar berdi.

2018 yilda telefon raqamlari ikkita qo‘shimcha raqamga uzunroq bo‘ladi, mintaqa kodi qo‘shiladi. Shu tariqa shaharlararo raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish jarayoni ham yengillashadi.

Masalan: qayd etilgan aloqa abonenti raqamini chaqirish uchun raqamni 71XXXXXXX, 62XXXXXXX va hokazo shaklda terish kerak bo‘lsa, mobil raqam uchun - 90XXXXXXX, 93XXXXXXX, 97XXXXXXX v.h. Telefon raqamlarining 12 sondan iborat xalqaro shakli o‘zgarishsiz qoladi.

To‘qqizta sonli shaklga o‘tish mobil operatorlarda raqam diapazoni deyarli qolmagani, aloqa xizmatlariga talab esa kun sayin ortib borayotgani bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda ushbu yildan telefon raqamlari 9 sonli shaklga o‘tkaziladi