22:30 / 02.02.2018
4 089

Stiv Voznyak “iPhone X”ni takroran tanqid qildi

 Стив Возняк “iPhone X”ни такроран танқид қилди
Apple kompaniyasning afsonaviy injeneri va asoschilaridan biri Stiv Voznyak iPhone Xni foydalanish uchun noqulay ekanligi sabab takroran tanqid qildi. Uning aytishicha, smartfon tugmasi “juda ham murakkab”.

O’tgan hafta Stokgolmdagi Nordic biznes forumida nutq so’zlagan injener Apple flagman dizaynini loyihalashtirish borasida bir nechta xatolarga yo’l qo’ygani haqida qayd etdi. “Tugatish apparatidagi Power tugmasi haddan tashqari ko’p funksiyalarni bajaradi: bir marta bossa bir narsani, ikki marta bossa boshqa narsani, 3 marta ketma-ket bossa uchinchi narsani amalga oshiradi, – dedi Voznyak. – Men oddiy va tushunarli narsalarni yaxshi ko’raman!”.

Xabarda aytilishicha, Voznyak iPhone X dagi Power tugmasi o’zining mavjudligi bilan Apple prinsiplarini haqoratlashi haqida aytgan.

Mashhur dasturchi ovoz balandligini boshqarish tugmasini namuna qilib qo’rsatishni ham unutmadi. “U tushunarli funksiyalarni bajaradi – balandlikni oshiradi va kamaytiradi. Juda oddiy, jin ursin!” dedi Voznyak bu haqida.

Stiv Voznyak bundan avval ham iPhone X flagmanini tanqid qilgan va ushbu smartfon unga yoqmasligini aytib o’tgan edi. Bunga javoban Applening amaldagi rahbari Tik Kuk injenerga shaxsiy sovg’a sifatida smartfon jo’natgan, ammo Voznyak uni qabul qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Stiv Voznyak “iPhone X”ni takroran tanqid qildi