12:03 / 06.02.2018
4 786

O‘zbekturizm yangi interaktiv “Verum QR” xizmatini ishga tushirdi

O‘zbekturizm yangi interaktiv “Verum QR” xizmatini ishga tushirdi
“Verum QR” – bu 12 ta xorijiy tilda O‘zbekistonning turistik salohiyati aks etgan video, foto va matnli ma’lumotlar saqlangan interaktiv dasturdir. Ushbu startap loyihasi yordamida yurtimizga sayyohlarni jalb qilish va ularga keng imkoniyatlar yaratish ko‘zlanmoqda.

Ayni shu dasturni amalga oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Tehno dargoh” MChJ o‘rtasida uchtomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xiva shahrining 15 ta tarixiy obidalarida “Verum QR” dasturi sinovdan o‘tkazildi. Hozirda loyiha uchta O‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Tashkilotchilarning so‘zlariga qaraganda, QR kodlari butun respublika bo‘yicha o‘rnatilgach, loyiha 12 tilda ma’lumotlarni yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur loyiha orqali mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlar yurtimizdagi mavjud tarixiy obida, memorial kompleks, mehmonxona, restoran va hududlarga oid barcha ma’lumotlarni video, foto va matn ko‘rinishida tezkorlik bilan olishlari mumkin bo‘ladi.

“Texno dargoh” MChJ rahbari Turg‘un Xo‘jayev:
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ushbu loyiha ikki bosqichda to‘liq ishga tushiriladi. Uning birinchi boschiqi Yunesko tomonidan tan olingan 6 ta tilda shu yilning so‘nggiga qadar yo‘lga qo‘yilsa, 2018 yilning 1 aprelidan tizim 12 ta tilda to‘liq ishga tushiriladi.
Ta’kidlash joizki, bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilk interaktiv xizmat emas, bunga qadar ham ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilgan.


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi AKTni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Baxodir Susarov:
E-Mehmonxona, Uzbekistan pass, Silk road kabi 11 dan ortiq interaktiv xizmatlarni ham joriy etganmiz. Kelajakda SMART turizmni rivojlantirish bo‘yicha yana bir qancha elektron tizimlarni yaratish ham rejalashtirilgan.
Ushbu loyihaning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shundaki, siz kiritgan QR kodlar dasturda saqlanib qolinadi hamda ma’lumotlarni yaqinlaringiz bilan ham bo‘lishishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekturizm yangi interaktiv “Verum QR” xizmatini ishga tushirdi