23:00 / 09.02.2018
4 399

Bitkoin kursi yana 8 ming dollardan arzonlashdi

Bitkoin kursi yana 8 ming dollardan arzonlashdi
Bitkoin kursi 9 fevral, juma tongida yana 8 ming dollardan arzonlashdi. Bu haqda «Coinmarketcap.com» portali savdo ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi «Daryo».

Shunday qilib, bitkoin kursi sutka ichida 2,23 foizga pasaydi va hozir 7 896 dollar ko‘rsatkichda savdo qilinmoqda.

Qolgan barcha kriptovalyutalar kursi turlicha o‘zgarmoqda.

Jumladan, Ripple kursi 2,66 foizga oshdi va 0,77 dollar ko‘rsatkichda savdo qilinmoqda.

Bitcoin Cash kursi 23,66 foizga o‘sib, bir tangasi uchun 1 238 dollar berilmoqda.

Ethereum qiymati 2,45 foizga arzonlashdi va 790 dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitkoin kursi yana 8 ming dollardan arzonlashdi