13:55 / 11.02.2018
4 545

Kelajak transporti loyihasi: dron va elektropoyezd birlashmasi

Kelajak transporti loyihasi: dron va elektropoyezd birlashmasi
Horizon System Samolyot va poyezd orasidagi gibrid sifatida loyihalangan va to‘liq elektrlashgan transport tizimi hisoblanadi. Magnitli osma texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu tizimda, katta o‘lchamli samolyot (uchuvchi qanot) uchish davomida, SkyLink-poyezdlar ichidagi yo‘lovchilarni SkyShip-samolyotga ikkalasining ham harakatini to‘xtatmagan holda olishi mumkin.

Muallifning fikricha ushbu loyiha katta aeroportlarda va avtomobil yo‘llarida ortiqcha yuklanishlar va tirbandliklar masalasini hal qilish imkonini beradi. Horizon System yo‘lovchilari o‘zlarining mahalliy SkyStation-terminallari orqali harakatlanishlari zarur bo‘ladi (xuddi metroning o‘tish bekatlaridagidek).

Biz SkyLink poyezdi bortida uchish-qo‘nish maydoni yo‘lagiga yaqinlashib borishimiz bilan, magnitli levitatsiya texnologiyasi tufayli u yumshoqgina tezlanib boradi, uning tezligi to samolyotning tezligiga yetmaguncha o‘sishda davom etadi va so‘ngra esa SkyShip-dron ushbu poyezdni o‘z bortiga oladi.

Samolyot qanotlari bilan relslar ustidagi magnitli osma bo‘ylab osilib turish orqali yerga tegmasdan elektrlashtirilgan poyezdlarni o‘zidan soqit qiladi va yangilarini o‘ziga qabul qilib oladi. Temir yo‘l vagonlari bortidagi akkumulyatorlar esa rels bo‘ylab harakatlanish paytida, masofali zaryadlash texnologiyalariini qo‘llagan holda zaryad to‘playdi va samolet bilan birlashgandan so‘ng uchish paytida samolyotni harakatga keltiradi. Samolyotdan bo‘shatilgan avtotransport, magnitli relslarning tranzit hududiga yetib borishi bilanoq yana zaryad olishda davom etadi.

Ushbu havo kemasi masofadan turib ekspluatatsiya qilinadi, ya’ni masofadan turib boshqarish tizimiga ega. Samolyot kabina o‘rniga katta oyna bilan o‘ralgan va dam olish xonasiga o‘xshash yagona maydonga ega bo‘lib, sayohat paytida hayratlanarli ko‘rinishni hosil qiladi. Loyihani 2050 yilgacha amalga joriy qilish rejalashtirilgan.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kelajak transporti loyihasi: dron va elektropoyezd birlashmasi