14:30 / 13.02.2018
3 868

«Facebook» e’lon qilgan 10 million dollarlik tanlovda barcha qatnashishi mumkin

«Facebook» e’lon qilgan 10 million dollarlik tanlovda barcha qatnashishi mumkin
«Facebook» asoschisi Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi eng qiziqarli guruhlar uchun 10 million dollar qiymatidagi mablag‘ni grant sifatida ajratishga tayyor, deb xabar berdi Xabar nashri.

Ushbu mablag‘lar odatdagidek barcha g‘oliblar o‘rtasida taqsimlanadi. 100 dan ortiq guruhning har biri 50 ming dollardan, eng qiziqarli va omadli guruhlarning 5 tasi esa 1 million dollardan oladi.

«Bularning barchasi butun dunyoni va barcha foydalanuvchilarni birlashtirish uchun zarurdir va asosiy maqsad eng qiziqarli sohalarni rivojlantirishga yordam berish va milliardlab odamlarni turli jamoalarga va qiziqarli guruhlarga jalb etishdir», — deydi Sukerberg «Reuters» agentligiga bergan intervyusida.

Sukerbergning hamkasbi Jennifer Dalskining aytishicha, tanlovda barcha — yashash joyi va obunachilari sonidan qat’i nazar qatnashishi mumkin. G‘oliblarni mustaqil ekspertlar va «Facebook» kompaniyasining xodimlaridan iborat komissiya tanlab beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Facebook» e’lon qilgan 10 million dollarlik tanlovda barcha qatnashishi mumkin