00:20 / 20.02.2018
10 957

Xitoy harbiy-havo kuchlari "ko‘rinmas qiruvchi samolyot"ga ega bo‘ldi

Хитой ҳарбий-ҳаво кучлари "кўринмас қирувчи самолёт"га эга бўлди
Xitoyning ko‘rinmas-qiruvchi samolyoti «Szyan-20» (J-20) mamlakat harbiy-havo kuchlari bo‘linmasida jangovar navbatchilikni boshladi. Xitoy harbiy-havo kuchlarini vakili Shen Szinkening ma’lum qilishicha, yangi qiruvchi samolyot «mamlakatning havo maydonidagi xavfsizlik darajasini oshirishga» xizmat qiladi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Shen Szinkening so‘zlariga ko‘ra, «Szyan-20» qiruvchisi sabab mamlakat harbiy-havo kuchlari jangovar bo‘linmalari uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha barqaror o‘sishga erishgan.

Mazkur qiruvchi samolyot «Red Sword — 2017» o‘quv mashg‘ulotlarida muhim rolni o‘ynagan va «yangi turdagi havo kuchlarining jangovar qobiliyatini mustahkamlash uchun zamin yaratgan». Armiya necha dona yangi qiruvchiga ega bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Xitoyning «Szyan-20» to‘rtinchi avlod qiruvchisi birinchi bor havoga 2011 yilda ko‘tarilgan. Keng ommaga esa 2016 yilning noyabrida Chjuaxeda bo‘lib o‘tgan «Air show China» xalqaro aviakosmik salonida namoyish etilgan.

Samolyotni yasashda maxsus tanlangan planerlar va takomillashtirilgan materiallardan foydalanilgani sabab uni odatdagi radiolokatsion qurilmalar yordamida aniqlash juda qiyinchilik tug‘diradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy harbiy-havo kuchlari "ko‘rinmas qiruvchi samolyot"ga ega bo‘ldi