00:20 / 24.02.2018
4 848

Dunyodagi ilk uchar taksi videosi namoyish qilindi (video)

Dunyodagi ilk uchar taksi videosi namoyish qilindi (video)
Airbus kompaniyasi Vahana loyihasining ilk uchar taksisi Alpha One parvozi videosini namoyish qildi. Video YouTube’da joylashtirildi.

Sinovlar Oregon shtatida o‘tgan va 53 soniya davom etgan. Taksini loyihalagan muhandislarning aytishicha, parvoz qurilmasi 745 kg gacha og‘irlikni ko‘tara oladi, biroq uning kabinasida faqat bir kishi uchun o‘rindiq bor.

Aerotaksi to‘liq elektr energiyada ishlaydi va bir nechta motorga ega. Kompaniyada ta’kidlanishicha, Vahana 5 ming metrdan yuqoriroqqa ko‘tarila oladi.

Alpha One’ni yaratish ustida ishlar 2016 yilda boshlangan. Airbus ushbu transport vositasini 2020 yilda savdoga chiqarmoqchi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi ilk uchar taksi videosi namoyish qilindi (video)