20:02 / 25.02.2018
7 050

Samsung Galaxy S9 va S9+ videosi tarqaldi

Samsung Galaxy S9 va S9+ videosi tarqaldi
25 fevralda rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan eng yangi Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlari videosi bir kun avval tarqaldi. Rolik YouTube'ning Slashleaks kanilida namoyish etildi. The Verge'da xabar berilishicha, yangi flagman o‘zidan avvalgi Galaxy S8 smartfonining aksariyat funksiyalarini saqlab qolgan.

Smartfonda daktiloskopik datchik joylashuvi o‘zgartirilib, kamera obyektivi ostiga ko‘chirilgan. Bundan tashqari, S9 kamerasi ikki diafragma bilan ta’minlangan birinchi smartfon bo‘ladi.

Jurnalist va insayder Evan Blassning so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S9 narxi - 841 yevro, S9+ narxi esa 997 yevroga baholanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S9 va S9+ videosi tarqaldi