11:30 / 06.03.2018
5 822

O‘zbekistonlik olim quyoshdan elektr energiyasi olishning yangi usulini yaratdi

O‘zbekistonlik olim quyoshdan elektr energiyasi olishning yangi usulini yaratdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Muhammad Kabir Bahodirxonov Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zining o‘quvchilik va talabalik yillari, akademik darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli va mazmunli ilm yo‘li haqida talabalarga so‘zlab berdi.

Olim yaqinda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan quyosh panelining yangi turini yaratgan va u turdoshlariga qaraganda ancha samarali ekanligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Chunki shu paytgacha dunyo olimlari tomonidan ixtiro qilingan quyosh panellarining barchasi quyoshdan kelayotgan energiyaning 20 foizini elektr energiyasiga aylantira olgan. Akademik yaratgan texnologiya esa quyosh energiyasining 60 foizini elektr energiyasiga aylantira oladi.

— Fizikaning o‘zgarmas qonuniyati bor — tabiatda hech narsa yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi, — deydi M. Bahodirxonov. — Faqat moddalar bir turdan ikkinchisiga o‘zgaradi. Demoqchimanki, biz ham shu paytga qadar noma’lum bo‘lgan ilmni isbotlab, fanga ma’lum qildik. Buni shu yerda o‘tirgan har bir talaba amalga oshirishi mumkin. To‘g‘ri, bu yo‘lda kishi juda ko‘p izlanadi, hatto, qiyinchiliklar, qarshiliklar, ziddiyatlar, to‘siqlarga uchraydi. Ammo ortga chekinmaslik kerak. Doimo olg‘a intilish zarur. Siz ham o‘qing, o‘rganing, izlaning, chekinmang. Ilm yo‘lida mehnat qilgan, izlangan har bir kishi akademik bo‘lishga haqli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonlik olim quyoshdan elektr energiyasi olishning yangi usulini yaratdi