06:31 / 12.03.2018
4 715

Amerikalik mutaxassis smartfonlar miyaga qanday zarar yetkazishini aytib berdi

Amerikalik mutaxassis smartfonlar miyaga qanday zarar yetkazishini aytib berdi
Smartfonlardan keladigan doimiy xabarlar miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda amerikalik endokrinolog Robert Lastig Business Insider portaliga gapirib berdi, deb yozadi Daryo.

Lastigning so‘zlariga qaraganda, bu miyani doimiy kutish kayfiyatida bosim ostida qolishiga sabab bo‘ladi.

Jumladan, tadqiqot natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 86 foizi ijtimoiy tarmoqlar, pochta va messenjerlarni tez-tez tekshirib turadi, bu ularda stress keltirib chiqaradi.

Bu, o‘z navbatida, miyaning ko‘plab kognitiv funksiyalariga javobgar prefrontal po‘stlog‘i ishdan chiqishiga olib keladi.

«Oxir-oqibat o‘zingizni ahmoqona tutishni boshlaysiz», — ta’kidladi olim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik mutaxassis smartfonlar miyaga qanday zarar yetkazishini aytib berdi