5 445
Axborot texnologiyalari vazirligi internet tezligini oshirish masalasida ish olib bormoqda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers (PwC) xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyalari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ekspertlar guruhi O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozorida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga oid hisobotni taqdim qildilar. Shuningdek, taqdimotda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilg‘or tajribalar qayd etildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsion loyihalarni amalga oshirishga, xususan xalqaro internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Tomonlar hamkorlikni ekspertlar ishtirokida ikkala tomon uchun ham manfaatli kelishuvlar doirasida davom ettirishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘z o‘rnini biroz yaxshilagani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi