Foto: «Extremetech.com»
«Apple» korporatsiyasi o‘zining mashhur «iPhone» smartfonlarini Xitoydagi korxonalardan birida ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Xitoyda ishlab chiqariladigan «iPhone 8 Plus» smartfonlarining 20 foiziga to‘g‘ri keladigan «Wistron» kompaniyasi qurilmalarni yig‘ishda «Apple» sertifikatidan o‘tmagan suv o‘tkazmaydigan ehtiyot qismlardan foydalangan.
«Wistron» bu kabi smartfonlardan qancha ishlab chiqargani va ulardan nechtasi xaridorlarga yetib borgani noma’lum. Biroq ushbu hodisa kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatdi — uning aksiyalari besh foizga tushib ketgan.
Zavodda qurilmalarni yig‘ish ikki haftaga to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, xitoyliklar «olma»siz qolmaydi: smartfonlarning aksariyati «Foxconn» kompaniyasining korxonalarida ishlab chiqariladi. Uning hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan «Apple» qurilmalarining 80 foizi to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tayvanning «Foxconn» kompaniyasi MDH va boshqa mamlakatlarga «iPhone» smartfonlarini yetkazib beradi. Zavod Gonkong yaqinidagi Shenchjen shahrida joylashgan. «Foxconn» kompaniyasining zavodlari nafaqat Xitoyda, balki Chexiya, Vengriya, Hindistonda ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi