Rossiyaning yangi quroli Yerdagi butun hayot uchun tahdid deb hisoblanmoqda

  • Texnologiya
  • 16-03-2018, 20:58
  • 2 113
  • Россиянинг янги қуроли Ердаги бутун ҳаёт учун таҳдид деб ҳисобланмоқда
    Bortida yadro zaryadini tashishga qodir yangi suvosti atom kemasi «Status-6» kobalt bombasi hisoblanib, butun bir qit’alarni hayot mavjud bo‘lmagan hududlarga aylantirishi mumkin. Bu haqda yadro qurolini qo‘llash oqibatlarini tadqiq etuvchi Stiven Shvars ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

    Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, yadro qurolining yer yaqini yoki yuzasidagi detonatsiyasi radioaktiv chiqindilarning tushishiga olib keladi. Portlash vaqtida olovli bulut tuproq va suvni o‘ziga yutib, ularni radionuklidlar bilan ifloslantiradi, shundan so‘ng ular atmosferaga tashlanib, katta masofaga yoyiladi.

    Tarkibida kobalt-60 bo‘lgan chang va suv zarralari shamol bilan portlash epimarkazidan minglab kilometr masofaga yoyilishi mumkin. «Status-6» Vashington yaqinida portlasa, radioaktiv chiqindilar Kanada va Meksikaga tushishi mumkin. Shvarsga ko‘ra, istalgan ifloslangan hudud 50 yil davomida yashash uchun yaroqsiz bo‘ladi. Yer ostiga yashiringan odamlar yuqoriga chiqishga uringanda radiatsiyaning halokatli dozasiga duchor bo‘ladi.

    » » Rossiyaning yangi quroli Yerdagi butun hayot uchun tahdid deb hisoblanmoqda
    Яндекс.Метрика