11:12 / 18.03.2018
3 700

«Facebook»da «ko‘rinmas»ga aylanishni istaysizmi? Unda ushbu oddiy usulni o‘qing

«Facebook»da «ko‘rinmas»ga aylanishni istaysizmi? Unda ushbu oddiy usulni o‘qing
«Layfxaker» «Facebook»da o‘zidan boshqa hech kim faoliyatini kuzata olmasligini, suratlarini tomosha qila olmasligini istagan foydalanuvchilar uchun foydali maslahat berdi, deb yozadi Xabar nashri.

1. Profilingizning yuqori o‘ng burchagidagi qulf belgichasini bosing, so‘ng «Boshqa sozlamalarni ko‘rish»ni tanlang.

2. «Maxfiylik sozlamalari va asboblar» bo‘limiga o‘tdingiz. Endi «Siz chop qilgan narsalarni kimlar ko‘ra olishi mumkin?» degan qismga «Faqat men» bandini tanlang.

3. Siz avvalgi postlaringizni ham ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun «Oldingi postlarni ko‘rishni cheklash»ni bosib, so‘ng harakatlaringizni «Ushbu cheklovlarni oldingi postlar uchun qo‘llash» tugmasini bosib tasdiqlang. Endi sizning avvalgi postlaringizni faqat do‘stlaringiz ko‘ra oladi.

4. «Sizga kimlar do‘stlar safiga qo‘shish so‘rovini yubora oladi?» bandida «Hamma»ni «Do‘stlarning do‘stlari»ga o‘zgartiring. Shu tariqa sizga doimiy ravishda keladigan do‘stlik so‘rovlari ancha kamayadi.

5. «Kimlarning postlarini «Kiruvchi xabarlar» papkasida ajratib tashlashni istayman?» qismida asosiy filtrni kuchli filtrga o‘zgartiring.

6. Agar barcha foydalanuvchilar ham sizni elektron pochta manzili orqali topishini istamasangiz, «Kimlar sizni o‘zingiz ko‘rsatgan elektron pochta manzili orqali topishi mumkin» qismida «Hamma»ni «Do‘stlar»ga almashtiring.

7. Xuddi shu tartibi «Sizni kimlar o‘zingiz ko‘rsatgan telefon raqami orqali topishi mumkin» qismi uchun ham amal qiladi.

8. Agar boshqa kishilar sizni qidiruv tizimlari orqali topishini istamasangiz, «Qidiruv tizimlariga xronikangizga link berish uchun ruxsat berish» qismi qarshisida «galochka» qo‘yilmaganiga ishonch hosil qiling.

9. So‘ng menyuning «Xronika va belgilar» bandiga o‘ting va barcha qismlar qarshisiga «Faqat men»ni belgilab chiqing. So‘nggi «Sizga o‘xshaydigan odam tasviri bo‘lgan suratlar yuklanayotganida belgi qo‘yish tavsiyasini kimlar ko‘radi» bandida esa «Hech kim»ni tanlang.

10. Shuningdek, «Do‘stlaringiz sizni belgilagan suratlar sizning xronikangizda chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish» hamda «Boshqa foydalanuvchilar sizni belgilagan suratlar «Facebook»da chiqishidan avval ko‘rib chiqish uchun jo‘natish» kabi parametrlarni ham yoqib qo‘yishni unutmang.

11. Agar postlaringizni do‘stlaringizdan boshqa hech kim ko‘ra olmasligini istasangiz, menyuning «Obunachilar» bandiga o‘ting va «Mening yangilanmalarimga kimlar obuna bo‘la oladi» qismida «Hamma»ni «Do‘stlar»ga o‘zgartiring.

12. Shundan so‘ng menyuning «Reklama» bandiga o‘ting va «Uchinchi shaxs saytlari» qismi qarshisida «Tahrirlash» tugmasini bosib, «Hech kim»ni tanlang. Xuddi shu harakatni pastroqdagi «Reklama va do‘stlar» qismida ham bajaring.

13. Va nihoyat, menyuning «Dasturlar» bandiga o‘tib, «Facebook»ning mobil qurilmalar uchun eski versiyalari» → «Faqat men» qismini tanlang. Shunda «Facebook»ning eski mobil dasturlari orqali yozilgan eski postlaringiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Facebook»da «ko‘rinmas»ga aylanishni istaysizmi? Unda ushbu oddiy usulni o‘qing