O‘zbekistonda kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda UzCard kompaniyasi xabariga asosan Daryo nashri ma’lum qildi. Bu oxirgi vaqtlarda aholining mahsulotlar va xizmatlarga kartalar orqali haq to‘lash ehtiyojining oshayotganligi bilan bog‘liq.
Naqd pullarni qabul qilish funksiyasiga ega bo‘lgan bankomatlar (cash in) odamlar gavjum joylar: metro, bozorlar va savdo markazlariga o‘rnatiladi. Bankomatlar turiga qarab kupyuralarni ikki usul: dastalab yoki bir kupyuradan qabul qiladi.
Birinchi holatda mashina pul dastasini o‘zi hisoblaydi va ekranga umumiy summani chiqaradi. Ikkinchi holatda har bir kupyurani alohida qo‘yish lozim.
Hisobni to‘ldirish uchun bankomatga kartani joylab, naqd pullarni kiritish va ekrandagi menyudan kerakli funksiyani tanlash kifoya.
O‘zbekistonda aynan qanday bankomatlar o‘rnatilishi haqida UzCard kompaniyasi yaqin vaqt ichida ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi