22:38 / 19.03.2018
3 943

IBM burgadek keladigan mikrokompyuter yaratdi

IBM burgadek keladigan mikrokompyuter yaratdi
AQShning IBM kompaniyasi IBM Think 2018 anjumanida mitti kompyuterni taqdim qildi. Bu kompyuterni ko‘rish uchun mikroskop kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Kompaniya vakillarining aytishicha, kompyuter o‘lchami tuz kristali yoki burgadek keladi. Qurilmaning platasi x86 hisoblash chipida qurilgan, u o‘z ichiga “bir necha yuz ming tranzistor”ni olgan. Mikrokompyuterning tannarxi 10 sentdan kamroqni tashkil qiladi.

Bunday qurilma, albatta, unumdorligi bilan maqtana olmaydi, biroq “buyumlar interneti” segmentiga (aqlli muzlatgichlar, chiroqlar va boshqalar) asqatishi mumkin. Shuningdek, qurilma blokcheyn negizida ishlashi kerak bo‘ladi. IBM’ning tadqiqotlar bo‘limi rahbari Arvind Krishenning aytishicha, yaqin 5 yilda bunday kompyuterlar ommaviy ravishda maishiy texnikaga o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » IBM burgadek keladigan mikrokompyuter yaratdi