11:47 / 20.03.2018
3 836

IBM biznes va jamiyatni o‘zgartira oladigan 5 ta texnologiyani ma’lum qildi

IBM biznes va jamiyatni o‘zgartira oladigan 5 ta texnologiyani ma’lum qildi
IBM kompaniyasi keyingi 5 yil ichida biznes va jamiyatni tubdan o‘zgartira oluvchi istiqbolli texnologniyalarni ma’lum qildi.

Kompaniya tahlilchilarining fikricha, 2023 yilga kelib insoniyat hisoblash texnikasi rivojlanishida “misli ko‘rilmagan” kuchli ilgarilashni amalga oshiradi. Bu kuchli ilgarilash hayotimizning barcha jabg‘alariga kirib boruvchi 5 ta texnologiyaga asoslanadi.

Bu kvant hisoblashlar, mikroskopik robotlar, “xolis” sun’iy ong, kriptografiya va blokcheyn texnologiyalarining qo‘llanishidir.

Kvant hisoblashlar avval yechib bo‘lmas deb hisoblangan masalalarni yechish uchun qo‘llanadi. Kvant hisoblashlar asosida algoritmlarni qurish turli sohalarda talabga ega bo‘ladi.

Sun’iy ong texnologiyasini rivojlantirishni davom ettirish. Kompaniya mutaxassislari hozirdayoq sun’iy ongni o‘qitish algortimlaridan irqiy, gender va mafkuraviy xato qarashlardan xoli bo‘lmagan ma’lumotlarni istisno qilish ustida ishlashmoqda. Bu esa tengsizlikning tarqalishiga ko‘mak bermaydigan “xolis” sun’iy ong yaratishga imkon beradi. Uning paydo bo‘lishi sun’iy ong tizimlarini o‘rganish sohasida sifatli ilgarilashga olib keladi.

Keyingi texnologiya mitti kriptografik “langar”lar, ya’ni turli mahsulotlar jihozlanadigan belgilar hisoblanadi. Ular yordamida iste’molchilar mahsulotning ishlab chiqarilishidan sotilishigacha bo‘lgan butun yo‘lni kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, bu texnologiya oziq-ovqatlar xavfsizligi, qalbaki mahsulotlarni aniqlash va qimmatbaho buyumlar bozori bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan biznes sohasini o‘zgartiradi. Bunda yana bir texnologiya panjaralardagi kriptografiya bo‘lib, u shifrlash algoritmlarn qurishda yangicha yondashuv hisoblanadi. Bunday algoritmlarni buzib kirishning murakkabligi katta, shu sababli bu texnologiya qimmatbaho ma’lumotlarni xakerlardan himoyalashda qo‘llanishi mumkin.

Va nihoyat, beshinchi nou-xau – okeanda sochilgan sun’iy ong va miskroskopik robotlar asosida qurilgan texnologiya bo‘lib, bu robotlar sayyoramizdagi eng qimmatbaho zaxiralardan biri – okean suvlarining tozaligi ortidan kuzata oladi. Kichik mikrorobotlar planktonlar harakatlanishi haqida ma’lumotni yig‘adi, bu xatti-harakatlar asosida prognozlar qilish va okean ifloslanganini eplay olishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » IBM biznes va jamiyatni o‘zgartira oladigan 5 ta texnologiyani ma’lum qildi