19:15 / 20.03.2018
3 881

AQShda 100 terabaytli qattiq disk sotuvga chiqariladi

AQShda 100 terabaytli qattiq disk sotuvga chiqariladi
Kaliforniyaning «Nimbus Data» kompaniyasi sig‘imi 100 terabaytga teng «ExaDrive DC100» qattiq diskini taqdim etdi. Mazkur qurilma 2018 yilning yozidan sotuvga chiqariladi. Bu haqda «Xabar.uz» xabar berdi.

Hamyonda ko‘tarib yurishga mo‘ljallangan yangi «SSD ExaDrive» 100 terabaytgacha ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bu uni ma’lumtolarni qayta ishlash markazlari va «IoT» serverlari uchun ajoyib qurilmaga aylantiradi. Ushbu qattiq diskda 20 millionta qo‘shiqni yoki «Spotify» katalogidagi 50 foiz musiqani saqlab qo‘yish mumkin.

«EXaDrive» «3D NAND» flesh-xotirasidan foydalanadi. Qurilma 500 MB/soniya tezlikda o‘qiydi va ko‘chiradi. Hozirda aksariyat qattiq disklar 2,5” faktor formasida yaratiladi. Biroq «Nimbus DATA» ancha yirik — 3,5 dyuymli disk segmentiga ega.

Yangi «SSD» har bir terabayt uchun 85 foiz kamroq energiya talab qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, standart holatda unga 100 petabayt ma’lumotlardan ko‘proq axborot sig‘adi.

Joriy yilning yozida sotuvga chiqadigan «SSD» bir necha ming dollar bo‘lishi kutilyapti.

«Samsung» tomonidan 2016 yilda taqdim etilgan 16 terabaytli qattiq disk 10 ming dollarga baholangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda 100 terabaytli qattiq disk sotuvga chiqariladi