23:20 / 20.03.2018
4 191

AQSh hukumati Facebook’ni tekshirmoqda

AQSh hukumati Facebook’ni tekshirmoqda
AQSh federal savdo komissiyasi Facebook’ni shaxsiy ma’lumotlarni qo‘llash qoidalarini buzganlikka tekshirishni boshladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Kun nashri ma’lum qiladi.

Manbaning aytishicha, komissiya ijtimoiy tarmoq qoidani buzib, Cambridge Analytica kompaniyasiga o‘z foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlariga kirishga ruxsat berganini tekshiradi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampga ishlagan Cambridge Analytica kompaniyasi Facebook’ning 50 mlndan ko‘proq foydalanuvchisining ma’lumotlarini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgan.

Bu xabar sababli Facebook aksiyalari qiymati 37 mlrd dollarga kamayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh hukumati Facebook’ni tekshirmoqda